Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokistonda hukmron koalitsiya tarafdori bo‘lgan 20 mingdan ortiq odam mamlakat Oliy sudi oldida yig‘ilib, sobiq bosh vazir Imron Xonning ozod etilishiga qarshi namoyish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Siyosatchi 12-may kuni garov evaziga qamoqdan ozod etilgandi.

Foto: Twitter

Imron Xonga qarshi namoyishlarda Pokiston Demokratik partiyasi prezidenti Maulan Fadal-Rahmon va Pokiston Musulmon Ligasi partiyasi birinchi vitse-prezidenti Maryam Navoz Sharif boshchiligidagi hukumat partiyalari yetakchilari o‘z tarafdorlari oldida chiqish qildi.

Foto: Twitter

Ekspress Tribune nashrining yozishicha, namoyishchilar norozilik sifatida yoppasiga o‘tirib olgan, boshqaruv qo‘mitasi esa sud binosi tashqarisida chodirlar qurishni boshlagan.

Foto: Twitter
Foto: Twitter

Bloomberg agentligining xabar berishicha, namoyishchilar bosh sudyaning iste’fosini talab qilmoqda.

9-may kuni Imron Xon politsiya tomonidan hibsga olingan. U va rafiqasi Bushra Bibi korrupsiyada va Al Qadir universitetini tashkil etish paytida davlat budjetidan 50 milliard Pokiston rupiysini (taxminan 175 million dollar) o‘zlashtirish uchun Al Qadeer Trust oilaviy jamg‘armasidan foydalanganlikda ayblanmoqda.

Ertasiga, 10-may kuni Islomobod Oliy sudi Imron Xonni sakkiz kunga hibsga oldi. Shundan so‘ng Pokistonda uning tarafdorlar ommaviy namoyishlar o‘tkazishni boshladi. Dawn portali ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning turli mintaqalarida o‘tkazilgan norozilik namoyishlari natijasida 1 000 dan ortiq odam hibsga olingan. 11-may kuni Pokiston sudi siyosatchining hibsga olinishini noqonuniy deb topdi va uni zudlik bilan hibsdan ozod qilish haqida buyruq berdi. 15-may kuni Bishra Bibi ham garov evaziga ozod qilindi.

Imron Xon 2018-yildan 2022-yilgacha Pokiston bosh vaziri lavozimida ishlagan. O‘tgan yilning aprel oyida unga ishonchsizlik votumi berilgan edi. Oktabr oyida Xon saylovdan chetlashtirildi va besh yilga davlat lavozimini egallash huquqidan mahrum qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »