Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Chexiyada 2014-yildan beri sanksiyalar ostida bo‘lgan Zazu ayg‘irini o‘g‘irlash uchun “Ukraina maxsus xizmatlari”ga 18 ming dollar to‘laganini da’vo qilmoqda.

Foto: “Kavkaz realii”

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2023-yil boshida “Ukraina maxsus xizmatlarining vakillari” o‘z vositachilari orqali otni pul evaziga ozod qilish taklifi bilan murojaat qilishgan.

“Ular mening otga bo‘lgan munosabatimni bilishardi va yangilishmadi — albatta, men rozi bo‘ldim. Rostini aytsam, men Zazu qandaydir tarzda, undan sanksiyalar olib tashlanib yoki shunga o‘xshash yo‘l bilan rasmiy ravishda qaytarib beriladi, deb o‘yladim. Ammo maxsus xizmatlarning mardonavor rejasi borligi ma’lum bo‘ldi — ular Chexiya politsiyasi bilan til biriktirib, uning Chexiyadagi otxonadan o‘g‘irlanishini shunchaki uyushtirgan”, — deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.

“Hozir Zazu uyga qaytmoqda. Uning qaytishi menga qimmatga tushdi: 18 ming dollar! Ha, ha, o‘sha paytda Chexiya huquq-tartibot idoralari uni aynan shunchaga baholagan. Uning haqiqiy qiymati va ajoyib naslini hisobga olsak, bu shunchaki tiyinlar! Shunday ekan, do‘stlar, agar Yevropadan biror narsa olib kelish kerak bo‘lsa, Ukraina maxsus xizmatlariga murojaat qiling. Tez, professional, arzon, sanksiyalar ham chetlab o‘tiladi!”.

2023-yilning mart oyida Chexiya OAVlari Krabchitse qishlog‘idagi otxonadan qiymati taxminan 400 ming kron (taxminan 18 ming dollar) bo‘lgan 16 yoshli Zazu laqabli zotdor ayg‘iri o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergandi. Shu bilan birga, jurnalistlar ot Ramzan Qodirovga tegishli ekanini yozishgan. Checheniston rahbari uni 2012-yilning bahorida sotib olib, Dubaydan Chexiyaga ko‘chirgan, biroq ikki yildan so‘ng ayg‘ir Qodirovning mulki sifatida Checheniston rahbariga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar ostiga tushgan.

Otning o‘g‘irlanishi bo‘yicha Qodirov aytib bergan versiyani isbotlovchi hech qanday dalil yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »