Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aksar vitamin va minerallar tashqi ko‘rinishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va soch o‘sishini tezlashtirishga yordam beradi. Biroq aynan quyidagi 3 ta vitamin soch follikulalariga ziyon keltiradi.

Umuman olganda soch to‘kilishi diyetada zarur mikroelementlarning yetishmasligidan dalolat beradi. Vitamin komplekslarini ichishni boshlash muammoni minimallashtiradi — biotin, foliy kislotasi va boshqa B vitaminlari, ayniqsa, soch tolalari uchun foydali deb hisoblanadi.

Albatta, multivitaminli qo‘shimchalar — kamchiliklarni bartaraf etish va sog‘liqni yaxshilashning eng oson yo‘li. Shunga qaramay ba’zi mikroelementlarning haddan tashqari ortiqcha bo‘lgan dozasi ularning yetishmasligidan ko‘ra xavfliroq ekanligini unutmang.

Allergiya reaksiyasi va oshqozondagi noqulaylik bilan birga, hatto kuchli soch to‘kilishini boshdan kechirishingiz mumkin.

A vitamini

A vitamini immunitet va teri holati uchun zarurdir. Biroq doza oshirib yuborilganda soch uchun ko‘plab yon ta’sirlari bor. Shu tariqa A vitamini tufayli soch follikulalari “uyqu” bosqichiga o‘tadi va normal o‘sishni to‘xtatadi.

Har qaysi odam uchun A vitaminining tavsiya etilgan dozasi individual ravishda hisoblanadi ammo o‘rtacha qiymatlar taxminan quyidagicha: erkaklar uchun 900 mkg va ayollar uchun 700 mkg. A vitamini yuqori bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilishdan qo‘rqmang: shu tarzda A vitamini organizmda xavfsiz so‘riladi. Ammo mikroelement bilan birga qabul qilinadigan qo‘shimchalarning tarkibiga alohida e’tibor berish kerak.

Selen

Selen qalqonsimon bez funksiyasi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. Ammo agar uning tavsiya etilgan sutkalik dozasi 55 mikrogramdan muntazam va sezilarli darajada oshib ketsangiz, muammoga duch kelishingiz aniq.

Ushbu mineralni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish soch follikulalarining shikastlanishiga olib keladi va soch o‘sishi uchun mas’ul bo‘lgan genlarga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, selenning ortiqcha miqdoridan soch va tirnoqlar mo‘rtlashuvi kuzatiladi.

E vitamini

Bu vitamin go‘zallik manbai bo‘lgan qo‘shimchalar guruhiga kiradi, ayniqsa, soch ildizlari uchun nihoyatda zarur. Hammasi yana uning dozasiga bog‘liq. Kuniga 15 mikrogramdan ortiq E vitamini qabul qilinmasligi lozim. Ushbu tavsiyani muntazam ravishda oshirib yuborish aks ta’sirga olib kelishi mumkin va bu bilan sochlar sekinroq o‘sadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »