Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 16-may kuni sodir bo‘lgan yo‘l transporti hodisasi oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Telegram kanalida xabar berildi.

Foto: Telegram

Samara—Chimkent avtomobil yo‘lida Toyota RAV-4 va Chevrolet Lacetti avtomobillari to‘qnashib ketgan. O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Chevrolet haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Chevrolet’ning uch nafar yo‘lovchisi hamda Toyota avtomobilida bo‘lganlar tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Foto: Telegram

YTH yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

15-may kuni Moskva va Sankt-Peterburg oralig‘idagi M-11 trassasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi (YTH) sodir bo‘lgan edi. Bir nechta avtomobil ishtirokidagi avariyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.

Mavzuga doir
Izoh

Sardor Isakov

17.05.2023, 12:00

joylari jannatdan bo'lsin, omin

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »