Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Saratov viloyatida yengil va yuk mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Oleg Kostin xabar berdi.

Shuningdek, hodisa oqibatida yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik jarohat olgan.

“20-mart kuni soat 01:46 da Fedorovskiy tumanida A-298 Yershov—Engels avtomagistralidagi ‘Plyos’ qishlog‘iga burilishda yengil avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi jarohat oldi, ulardan biri halok bo‘ldi. Barchasi 20 yoshdan oshganlar”, — deb yozadi Kostin o‘zining Telegram’dagi kanaliga.

Kostinga ko‘ra, 25 yoshli yigit halok bo‘lgan, 20-40 yoshlardagi to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangan. 

“25-30 yoshlardagi bir kishi bosh miya ochiq jarohati, ko‘krak qafasi shikastlanishi, uchinchi darajali koma holatda, ahvoli o‘ta og‘ir... Ikkinchisi 20 yoshda, bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, bel umurtqasi jarohati, shok, ahvoli og‘ir... Uchinchisi 27 yoshda, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, umurtqa pog‘onasining shikastlanishi, og‘ir ahvoli... To‘rtinchisi 36 yoshda, bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, ahvoli o‘rtacha og‘irlikda”, — deydi u. 

Jarohat olgan fuqarolar Fedorovskiy tuman kasalxonasiga yotqizilgan, ulardan ikki nafari reanimatsiyada.

Avvalroq Tojikistonning Dushanbe shahrida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatda O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Avariya Mercedes-Benz rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida kelib chiqqan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »