Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent—Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha HY717 sonli reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib keldi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyotning qaytishiga Dushanbe aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (kuchli shamol) sabab bo‘lgan.

Toshkent vaqti bilan soat 10:04 da samolyot uchish aeroportiga kelib qo‘ngan. Soat 11:31 da esa bortida 174 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot yana Dushanbe aeroportiga uchib ketgan.

“O‘zgidromet” O‘zbekiston hududiga 16–17-may kunlari Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

Mart oyida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Termizga uchgan reys ortga qaytarilgan edi. 2022-yil sentabr oyida esa HY-065 yo‘lovchi reysi Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti — kuchli shamol va chang bo‘roni tufayli Buxoro shahridagi zaxira aeroportga yo‘naltirilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »