Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan jami 41 ta hujjat imzolandi.

Kelishuvlar orasida EXEED kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish hamda BYD Auto Industry kompaniyasi bilan elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi bitimlar ham bor.

Bundan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasida telekommunikatsiya infratuzilmalarini yanada kengaytirish, agroinnovatsion parkni tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishilgan.

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi elektromobillar ustida ish olib borayotgani ilk bor 2018-yil may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniyaning o‘sha vaqtdagi rahbari Umidjon Salimov “yaqin ikki oy ichida elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi ishlab chiqilishi”ni bildirgan edi. 2020-yil noyabrida esa “O‘zavtosanoat”ning R&D markazi muhandislari “yarim yil ichida” narxi 10 ming dollar atrofida bo‘ladigan, bir marta to‘liq quvvatlantirilgach 150 kilometr yo‘l bosa oladigan Labo elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston hukumatining 2020-yil 29-dekabrdagi qarorida “O‘zavtosanoat”ni faqat elektrodvigatelda harakatlanuvchi yengil avtomobillar va mototransport vositalari ishlab chiqarishga o‘tkazish maqsadi oshkor etilgan edi. Qaror doirasida kompaniyaga 1-fevralga qadar loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy ekspert va konsalting kompaniyalarini jalb etish haqida topshiriq berilgan edi. Ayni vaqtda, rasmiylar 2021-yil oxirigacha Toshkentdagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektromobillarni quvvatlantirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida bayonot bergan.

2019-yilning may oyida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida 2023-yildan Hyundai elektromobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi. O‘sha yilning sentabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Qo‘qonga tashrifi vaqtida unga shu yerda ishlab chiqariladigan va 3 ming dollardan sotiladigan elektromobillar namoyish etilgandi. Bu loyihaning ham hozirda qaysi bosqichda ekani ma’lum emas. Bundan tashqari, Navoiyda 2020-yil oxirigacha avtomobil zavodi ishga tushishi kutilayotgani, unda Xitoy brendi ostida avtomobillar yig‘ilshi aytilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »