Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tib, har oy Qozog‘iston orqali millionlab dollarlik dron va mikroelektronika sotib oladi. Bu haqda Important Stories, Der Spiegel va OCCRP qo‘shma surishtiruvida maʼlum qilindi.

Foto: James O’Brien//OCCRP

Xususan, nashr Rossiyaga dronlarning asosiy yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan Qozog‘istonning Aspan arba kompaniyasi urush boshlanganidan keyin tuzilganini aniqladi. Uning Rossiyadagi asosiy kontragenti Moskvaning “Nebesnaya mexanika” kompaniyasi bo‘lib, ikkala tashkilotning ham egasi bir xil.

“Nebesnaya mexanika”ning xaridorlari orasida qurolli mojarolar faxriylari federatsiyasi, Kamchatka viloyat urush va mehnat faxriylari kengashi, shuningdek, rus harbiylari sotib oladigan Ozonʼdagi do‘kon bor.

Federal qidiruv byurosi, razvedka va Mudofaa vazirligi uchun elektronika ishlab chiqarish uchun komponentlar Rossiyaga Qozog‘istonning Da Group 22 kompaniyasidan nemis chiplarini sotib oluvchi “Stek” kompaniyasi tomonidan import qilinadi. “Stek”, Da Group 22 va nemis distribyutorlari bir oila aʼzolariga tegishli.

Umuman olganda, tergov mualliflarining aniqlashicha, urush boshlanganidan keyin Qozog‘istonga mikroelektronika importi ikki baravarga oshgan — 35 million dollardan 75 million dollargacha. Qozog‘istondan Rossiyaga chiplar eksporti birdaniga ikki baravarga ko‘tarilgan — 245 ming dollardan 18 million dollargacha.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »