Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda 2023-yil 1-apreldan boshlab import va eksport qilinadigan barcha tovarlarni onlayn kuzatish tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim Rossiya iqtisodiyotini izolyatsiya qilish bo‘yicha G‘arb sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Qozog‘istonning eng kuchli urinishidir, deya xabar berdi “Daryo”ning Qozog‘istondagi muxbiri.

Qozog‘iston rasmiysiga ko‘ra, hukumat mamlakat Rossiya bilan savdoda hech qanday sanksiya va cheklovlar qo‘llamasligini bir necha bor va juda aniq ta’kidlagan. Shu bilan birga, Qozog‘iston G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi va bunga imkon beruvchi maydonga aylanmaydi. Mamlakat ikkilamchi sanksiyalarning barcha xavf-xatarlaridan xabardor, shu uchun boshqa davlatlar bilan savdoni diqqat bilan kuzatib boradi.

Qozog‘iston oldida Yevropa va AQSH bilan samarali aloqalarni rivojlantirish bilan birga shimoldagi jangari va iqtisodiy jihatdan muhim qo‘shnisining g‘azabidan qochishdek og‘ir vazifa turibdi. Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi fevral oyida Ostonaga tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan birga o‘z nutqlarida bu xavotirlarini yashirmadi.

“Qozog‘istonning Rossiya va Ukraina bilan juda mustahkam tarixiy aloqalari bor. Iqtisodiyotlarimiz uzoq vaqtdan beri bir-biriga bog‘langan, shu uchun ham bu holat biz uchun, iqtisodiyotimiz uchun yetarlicha qiyin. Sanksiyalar salbiy oqibatlarga olib kelmaslikka harakat qilyapmiz”, — degan Muxtor Tleuberdi.

Qozog‘iston va Rossiya beshta davlatdan iborat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo. Bu 7600 kilometrlik chegaradan o‘tayotgan tovarlar bojxona nazoratidan o‘tmasligini bildiradi. So‘nggi yillarda bu Rossiyaning Qozog‘istonning yetakchi savdo sherigi sifatidagi rolini kuchaytirdi.

G‘arb tovarlarini Rossiyaga olib boruvchi quvur uzilganida, Moskva Qozog‘iston va Markaziy Osiyo, Kavkazning boshqa davlatlariga orqa eshik sifatida qaragan bo‘lsa ajab emas. Urush boshlanishidan bir yil avval Qozog‘iston Rossiyaga 12 ming dollarlik ilg‘or yarimo‘tkazgichlar eksport qilgan. Bu 2022-yilda 3,7 million dollarga oshgan.

Shu bilan birga, yuqori texnologiyali iste’molchi va boshqa yuqori talabgor tovarlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun tez o‘sib borayotgan transport savdosi paydo bo‘lgani haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar mavjud.

Tleuberdi Blinken tashrifi chog‘ida ta’kidlaganidek, sanksiyalarning tasodifiy buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qozog‘iston va AQSH hukumatlari o‘zaro aloqada. Ostona Vashington ikkilamchi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida oldindan xabardor qilgani uchun minnatdor. Qozog‘istonga qarshi hech qanday ikkilamchi sanksiyalar bo‘lmasa-da, Vashington Rossiyaga chiplar yetkazib bergani uchun o‘zbek kompaniyasiga ularni qo‘llagan.

Qozog‘iston poytaxti rasmiylari hozirgi sharoitda Rossiya bilan savdo xavfidan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda. Hukumat reeksport xavfini kamaytirish ustida doimiy ish olib bormoqda, buning uchun kompaniyalarni sanksiyalar haqida xabardor qiluvchi onlayn ma’lumotlar bazasi yaratildi. Import-eksport monitoringi tizimi kelasi oy onlayn rejimida ishga tushadi. Shu tarzda, shubhali savdo operatsiyalari diqqat bilan tahlil qilinadi. Zarur bo‘lganda ma’muriy choralar ko‘riladi.

Svetlana Shesternyova, Olmaota

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »