Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan 1-sinf o‘quvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari fani joriy etiladi

Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023/2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘ida keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, Respublika ta’lim markaziga bir oy muddatda tayanch o‘quv reja asosida tegishli taqvim-mavzu rejalarini ishlab chiqish, bir hafta muddatda 1-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi, o‘quv dasturi, davlat ta’lim standartlari va taqvim-mavzu rejalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha vazirlikka taklif kiritish topshirildi.

Shuningdek, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutiga:

  • boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanini zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish va o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining dasturini ishlab chiqish;
  • umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 1-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitadigan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini qisqa muddatli o‘quv kurslariga qamrab olish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • 2023-yilning 25-avgustiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmun-mohiyati bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »