Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Yunusobod tumanidagi maktablardan birining maʼmuriyati ota-onalardan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri uchun pul yig‘ayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat Yunusobod tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi Ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan. Unga ko‘ra, Toshkentda 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi bitiruvchi sinf Ota-onalar kuzatuv kengashi raisi maktab maʼmuriyatini ogohlantirmasdan o‘quvchilarning ota-onalar uchun tashkil etilgan Telegram messenjeridagi guruhga pul yig‘imi to‘g‘risida taklifini aytgan. Bundan na maktab maʼmuriyati va na sinf rahbarining xabari bo‘lmagan. Mazkur taklifni shu guruhdagi ota-onalardan biri ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali chop etgani aniqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgach, maktab maʼmuriyati tomonidan navbatdan tashqari pedagoglar kengashi hamda ota-onalar kuzatuv kengashlarining yig‘ilishlari o‘tkazilgan. Sinf rahbarlari va o‘qituvchilar ota-onalardan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” va boshqa tadbirlar uchun hech qanday pul yig‘imlarini amalga oshirmasliklari bo‘yicha yana bir marotaba ogohlantirilgan. Agar shunday holatga yo‘l qo‘yilsa, uning ishtirokchi va tashabbuskorlariga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilishi eslatib o‘tilgan.

Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi yig‘ilishida o‘zboshimchalik bilan tashabbus ko‘rsatgan ota-onalardan tushuntirish xatlari olingan. “Tashabbuskor” ota-onalar o‘z xatti-harakatlari uchun maktab maʼmuriyatidan uzr so‘ragan. Boshqa bunday holatga yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan.

“Agar siz, qaysidir maktab yoki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining ishonch telefoni — 71-237-08-30 raqami orqali murojaat qilishingiz so‘raladi”, — deyiladi xabarda.

May o‘rtalarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida 2022/2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilgandi. Tavsiyalarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, taʼlim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ymaslik belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh

Дилдора Рахимджанова

22.05.2023, 18:14

сизлар мактаб ремонтларига пул йигилишига йул куйилмасин дисла лекин мактабда бемалол пул йигишвоти ремонт учун пул бермиман диган укувчиларни китобини олмиман диди синф рахбари

nargiza gafurova

22.05.2023, 14:41

БИЗНИ МАКТАБИМИЗДА РЕМОНТ УЧУН ПУЛ ЙИГИЛДИ 35 МИНГ СУМДАН БЕРДИК

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »