Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi yaqinlashayotgani fonida rossiyalik harbiylarga murojaat qildi. Videomurojaat “Yashashni xohlayman” loyihasining Telegram kanalida e’lon qilingan.

Foto: gur.gov.ua

“Bir yildan ortiq vaqt davomida Kreml rejimi Ukrainaga bosqinchilik boshlanishida belgilangan yagona maqsadga erisha olmadi. Men rus harbiylariga, hujumlarda va xandaqlarda omon qolish baxtiga muyassar bo‘lganlarga murojaat qilaman. Ahvol yanada yomonlashadi. Sizda tanlov bor: o‘lish yoki hayotingizni saqlab qolish”, — dedi Budanov.

U Ukrainada “Yashashni xohlayman” davlat loyihasi ishlayotganini, uning yordami bilan yuzlab rossiyalik askarlar allaqachon front chizig‘ini tark etishga muvaffaq bo‘lganini va hozir xavfsiz ekanini eslatdi.

“Ular normal sharoitda, Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi nazorati ostida, kuniga uch mahal ovqatlanish, uyga qo‘ng‘iroq qilish va posilka olish imkoniyati bilan yashaydi. Ularning barchasi jangda asirga olinganlar sifatida ro‘yxatga olingan, shuning uchun Rossiya ularga maosh berishda davom etmoqda. Ularning oldida tanlovi bor: urush tugaganidan keyin uyga qaytish yoki Rossiyaga umuman qaytmaslik”, — dedi Ukraina razvedkasi rahbari.

Budanov “Yashashni xohlayman” loyihasidan o‘tganlar Ukraina va Yevropa Ittifoqining boshqa qator davlatlaridan boshpana so‘rash huquqiga egaligini ta’kidladi. U rossiyaliklarni “go‘sht maydalagich”dan qutqarish uchun loyihaga murojaat qilishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »