Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari Ukraina hujum operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatida ega emas. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Ayni vaqtda Rossiyaning Ukraina hududiga biror yangi jiddiy hujumni amalga oshirishga na harbiy, na iqtisodiy, na siyosiy potensiali bor. Shu bilan birga, u jiddiy mudofaa harakatlarini amalga oshira oladi va bu biz duch keladigan muammodir”, — deydi u Yahoo News’ga bergan intervyusida.

Budanovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan rejalashtirilayotgan qarshi hujumni buzish maqsadida raketalarni to‘plamoqda. “Ular ma’lum miqdorda zaxiralarini to‘plab, shay holatda turmoqchi, ammo haqiqat shuki, ularning zaxiralari deyarli tamom bo‘lgan”, — deya ta’kidlaydi Ukraina harbiy razvedkasi vakili.

Budanov, shuningdek, Rossiya “axborot makoni bilan ishlay olishini” tan olgan. “Shu boisdan har qanday voqea — xoh u Kremlga qulayotgan raketa bo‘lsin — ular Rossiyaning g‘alabasi sifatida taqdim eta oladi. Bu orqali ular raketaning Kremlga qulashiga imkon yaratib, insoniyatga qaratilgan katta halokatning oldini olganliklarini, raketa buzilishi kerak bo‘lgan binoga urilgani va biz ularga yordam berganimizni ta’kidlashadi. Hazildek ko‘rinishi mumkin, lekin Rossiya jamiyati bu kabi ahmoqgarchilikka ishonib kelmoqda”, — deydi u.

Intervyu davomida harbiy razvedga boshlig‘i Rossiyaning Darya Duginani o‘ldirish ortida Ukraina maxsus kuchlari turgani borasidagi aybloviga ham javob qaytargan. “Bu mavzuni davom ettirmang. Men izoh beradigan yagona narsa bu — biz dunyoning istalgan nuqtasidagi ruslarni o‘ldirganmiz va Ukrainaning mutlaq g‘alabasiga qadar o‘ldirishni davom etamiz”.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram kanali orqali Budanovning aytganlariga munosabat bildirdi: “Bu Oq uyga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba. Kiyev rejimi Bayden terrorizmni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »