Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning ukrainaliklar jang maydonida g‘alaba qozona olmasligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oleg Nikolenko xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Munosabatda keltirilishicha, dushmanga qarshiliksiz taslim bo‘lish tarafdorlaridan farqli o‘laroq, ukrainlar o‘z hududlari to‘liq ozod qilinmaguncha kurashni davom ettiradi.

“Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzini izohlar ekan, kim kimga bostirib kirgani muhim emasligini aytdi. U Ukraina urushda g‘alaba qozona olmasligiga ishonchi komil. Kreml quvonishi kerak: Vengriya hukumati rahbari Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan agressiyasi uchun javobgarlikni olib tashladi”, — dedi Nikolenko.

U 2022-yili o‘sha yevropalik siyosatchilar Ukrainaning 72 soatdan ko‘proq chidash imkoniyati yo‘qligini ta’kidlaganini eslatdi.

“Ular o‘shanda xato qilgandi va hozir ham. Dushmanga qarshilik ko‘rsatmasdan taslim bo‘lish tarafdorlaridan farqli o‘laroq, ukrainaliklar o‘z hududlari Rossiya bosqinidan to‘liq ozod qilinmaguncha kurashni davom ettiradi. Bu nafaqat Ukrainada tinchlikni tiklash, balki butun Yevropa xavfsizligini kafolatlashning yagona yo‘lidir”, — ta’kidladi Ukraina TIV rasmiysi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »