Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukraina Rossiyaga qarshi urushda g‘alaba qozona olmasligini aytdi. Bu haqda u Bloomberg’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Raqamlarga, atrof-muhitga, NATO qo‘shin yuborishga tayyor emasligiga nazar tashlasak, jang maydonida bechora ukrainaliklarning g‘alabasi bo‘lmasligi aniq”, — dedi Orban.

Siyosatchiga ko‘ra, Rossiya AQSH bilan kelishuvga erishgandagina, urushni to‘xtatishi mumkin. U Donald Tramp kelasi yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga umid qilishini va prezident Baydenning fikriga qo‘shilmasa-da, “AQSHni tanqid qilish biznes uchun yomon” ekanini bildirdi.

Dohada bo‘lib o‘tgan Qatar iqtisodiy forumida nutq so‘zlagan Orban o‘tgan yili Rossiya qo‘shni davlatga bostirib kirganidan so‘ng uning hukumati Yevropa Ittifoqining Ukrainaga nisbatan “asosiy” yondashuvidan chetga chiqqanini aytdi.

Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 500 million yevro (540 million dollar) miqdoridagi moliyaviy yordam transhiga to‘sqinlik qilmoqda. Orban Kiyev hukumati bilan ikki tomonlama kelishmovchiliklarni keltirib, Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarga qarshi chiqqan.

Jurnalistlarning eslatishicha, Vengriya Ukrainaga Rossiya bosqinini qaytarish uchun qurol yetkazib berishdan bosh tortgan kam sonli NATO a’zolaridan biridir. Orbanning tanqidchilariga ko‘ra, uning Yevropa Ittifoqini Kiyevga ajratiladigan mablag‘ni qisqartirishga chaqirishi Rossiya agressiyasiga taslim bo‘lish talabiga o‘xshaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »