Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Diyetologlarning barchasi metabolizmni qanday tezlashtirishni bilmaganlarga har qanday holatda ham nonushtani o‘tkazib yubormaslikni maslahat beradi. Metabolizm soat kabi ishlashi, olingan barcha kaloriyalar energiyaga aylanishi va organizmda to‘plangan yog‘ asta-sekin sarflanishi uchun kunning birinchi taomi qoniqarli bo‘lishi kerak va uni kechiktirmasdan iste’mol qilish muhimdir. Odatda, uyg‘ongandan keyingi bir soat ichida. Ammo yanada kuchli natijalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, “Noviy ochag” nashri nonushta uchun ma’lum oziq-ovqatlarni iste’mol qilishingizni tavsiya qiladi.

Rezavor va yong‘oqli ovsyanka bo‘tqasi

Bu vazn yo‘qotishda nonushta uchun kerak bo‘lgan barcha oziq moddalarni o‘z ichiga oladi. Suli yormasi sekin hazm bo‘luvchi uglevodlar bo‘lib, ular sizni uzoq vaqt davomida to‘q tutadi. Yong‘oqda protein ko‘p bo‘lib, ularni qayta ishlash uchun organizm ko‘proq energiya sarflashi kerak va bunga ko‘proq kaloriya sarflanadi.

Pomidor va piyoz bilan qovurilgan tuxum

Tuxum — bu nonushta uchun yaratilgan yana bir mahsulot. Proteinning yuqori miqdori organizmni to‘yintiradi, metabolizmni tezlashtiradi, past kaloriya miqdori esa qomatni saqlashga yordam beradi. Yaqinda o‘tkazilgan meta-tadqiqot natijalari tuxum iste’mol qilish yurak va qon tomirlar uchun xavfsiz ekanini tasdiqladi. Shifokorlar tuxum, yangi pomidor va piyozni birlashtirgan nonushtani yurak-qon tomir tizimi uchun eng foydali nonushta sifatida baholagan.

Mevali grek yogurti

Agar vazningiz haqida jiddiy xavotirda bo‘lsangiz,

Foto: “Noviy ochag”

yuqori yog‘li sut mahsulotlarisiz qilolmaysiz. Organizmning normal ishlashi uchun mono to‘yinmagan yog‘lar kerak va sut yog‘i eng yaxshi variantlardan biridir. Yunon yogurti — bu metabolizmni kuchaytirish uchun ajoyib nonushta, chunki unda juda ko‘p sog‘lom yog‘lar va oqsillar mavjud. Qizil va qora rangli rezavorlar, hatto muzlatilgan holda ham yog‘ni sarflash jarayonini tezlashtiradigan ko‘plab maxsus antioksidantlarni saqlaydi.

Avokado

Bu nonushta ertalab shoshib uydan chiqib ketishga majbur bo‘ladiganlar va to‘liq nonushta tayyorlashga vaqtlari bo‘lmaganlar uchun ajoyib muqobildir. Avokadoni o‘zingiz bilan olib ketishingiz va istalgan bo‘sh vaqtda tanovul qilishingiz mumkin. Aytgancha, bunday “PP” nonushta ayniqsa qish mavsumida nihoyatda foydali: bu mevadagi omega-3 yog‘lari terimizga qishki quruqlik va sovuqni yengishga yordam beradi.

Ko‘k choy va limonli suv

Foto: “Noviy ochag”

Ha rost, bu nonushta emas — lekin bu ichimliklar har kuni ertalab ichishga arziydi. Bir bo‘lak limon yoki limon sharbati qo‘shilgan bir stakan suvni uyg‘ongandan so‘ng darhol ichish kerak: bu bilan siz tun bo‘yi organizmda yo‘qotilgan namlikni tiklaysiz, shuningdek metabolizmni tezlashtirasiz. Ko‘k choyni ovqatdan so‘ng ichgan ma’qul – uning tarkibidagi antioksidantlar organizmga yog‘larni tezroq sarflashga yordam beradi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »