Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bu Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini oqlamasa-da, urushga sabab bo‘lgan voqealar ketma-ketligi NATO aʼzolari o‘rtasida Ukrainani alyansga qabul qilish imkoniyati haqidagi birinchi munozaradan so‘ng boshlangan, dedi AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer Die Zeit nashriga bergan intervyusida.

Foto: Reuters

“Men hamma ayb Putinda deb o‘ylamayman. Urushning o‘zi juda shafqatsiz, hujum qaytarilishi kerak va men Ukraina va G‘arbdan ko‘rsatilayotgan qarshiliklarni qo‘llab-quvvatlayman. Ammo 2014-yildagi maqolamda Ukrainani NATOga taklif qilish rejasiga jiddiy shubha bildirgandim. O‘shandan urushga olib kelgan voqealar boshlandi. Bu urushni oqlamaydi, lekin men o‘shanda ham, hozirgacha ham shunday o‘ylayman: Sharqiy blok sobiq davlatlarining NATOga kirishini Ukrainani ham NATOga a’zo qilish taklifi bilan birlashtirish oqilona bo‘lmas edi”, — dedi Kissinjer va o‘shanda Ukrainani “ikki tomon o‘rtasidagi ko‘prik” qilib, neytral maqomda qoldirishni taklif qilganini esladi.

Endilikda sobiq davlat kotibi Ukraina urush tugaganidan keyin NATOga qabul qilinishi kerak, degan qat’iy fikrda. “Endi NATO va Rossiya o‘rtasida neytral zonalar qolmagani sababli, G‘arb Ukrainani NATOga qabul qilgani ma’qul. Bu urush tugagandan so‘ng yoki tinchlik bitimi natijasida yana paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishni ta’minlaydi”, — deb tushuntirdi Kissinjer.

2008-yilda alyans sammitida Ukrainaning NATOga qo‘shilish imkoniyati muhokama qilingan edi.

2008-yil aprel oyi boshida bo‘lib o‘tgan NATO sammitida alyans a’zolari Ukrainaning NATOga qo‘shilishi istiqbolini ko‘rib chiqqan, ammo keyin Rossiya manfaatlarini vaj qilib, bu g‘oyadan voz kechgan. Germaniya va Fransiyaning o‘sha paytdagi yetakchilari Angela Merkel va Nikolya Sarkozi NATO ittifoqchilarining alyansga tezlashtirilgan muddatda a’zo bo‘lishini to‘sib qo‘ygan. 2022-yil aprel oyida Merkel ushbu sammit bilan bog‘liq qarorlariga sodiq qolishini aytdi.

“2008-yilda Ukraina va Gruziyaning NATOga a’zo bo‘lish istiqboli haqida juda uzoq o‘ylagandim, bu haqda Amerika prezidenti bilan o‘n martacha gaplashdim, Nikolya Sarkozi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokama o‘tkazdim. Men qandaydir xatoga yo‘l qo‘yganman deb ayta olmayman. Ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, men bu argumentni tushunarli va to‘g‘ri deb hisoblayman”, — dedi Merkel 2023-yilning may oyida bergan boshqa intervyusida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »