Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning aprel oyida qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning aprelida mart oyiga nisbatan kamroq avtomobil ishlab chiqarilgan — 27 323 ta. 

Taqqoslash uchun, mamlakatda mart oyida 28 338 dona, fevral oyida esa 22 719 dona avtomobil ishlab chiqarilgan.

Yil boshidan beri O‘zbekistonda eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilmoqda. Aprelda ham bu davom etgan — 9 965 dona. Biroq bu ko‘rsatkich martdagiga nisbatan 136 taga kam.

Aprel oyida Lacetti-Gentra ishlab chiqarish ko‘rsatkichi martga nisbatan 3 563 taga ko‘payib, 9 531 taga yetgan.

Infografika: “Daryo” / Bahora Sadirdinova


Bu davrda Damas ishlab chiqarilishi  keskin kamaygan. Martda ushbu avtomobildan 7 419 ta ishlab chiqarilgan bo‘lsa, aprelda bu ko‘rsatkich 2 197 donaga tushgan. 

Shuningdek, 1 oy ichida Nexia ishlab chiqarish ham 1 701 taga kamayib, 142 donaga tushgan. UzAuto Motors tomonidan 2022-yilda Nexia ishlab chiqarish butunlay to‘xtatilishi aytilgan edi

Biroq 2022-yilda Nexia uchun navbatlar bir yilgacha cho‘zilgan. Kompaniya ko‘p ehtimol bilan shartnoma asosida oldindan to‘lov qilganlar uchun oxirgi Nexia’larni yetkazib bermoqda. 

Aprelda Nexia o‘rnini bosishi kutilgan Onix ishlab chiqarish ko‘rsatkichi oshdi — 2 545 dona. Yanvar—mart oylarida esa ushbu avtomobil rusumidan umumiy 559 dona ishlab chiqarilgan edi.

2022-yil 17-dekabrda Cobalt, Lacetti, Damas avtomobillari sotuvi to‘xtatilgandi. Kompaniya 2023-yildan Spark va Nexia o‘rniga Tracker va Onix ishlab chiqarishini maʼlum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »