Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nemis ildizlariga ega hind go‘zali Diya Mirza 18 yoshidayoq “Osiyo go‘zali” unvonini qo‘lga kiritadi. 19 yoshida esa u Bollivudda “Yuragimdasan” filmida debyut qiladi,  tomoshabinlar uni Aishvariya Rayning yoshligiga o‘xshatishadi. Keyinchalik Diya bir necha bor aktrisa Enn Xeteuey bilan taqqoslandi, ammo doimiy taqqoslashlarga qaramay, qiz bu sohada o‘z yo‘lini topishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Bollywoodtime

Diya Mirza (qizlik familiyasi Hendrich) 1981-yil 9-dekabrda Janubiy Hindistonda, Haydarobodda tug‘ilgan. Uning otasi Frank Hendrich nemis me’mori va grafik dizayneri bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab sayohat qilib, o‘z kasbini boshqalarga o‘rgatgan.

Foto: Bollywoodtime

Dehliga bo‘lgan shunday sayohatlardan birida u Dipa ismli bengal qiz bilan tanishadi. Qizig‘i shundaki, Dipa nemis tilini o‘rgangan va bu tilda bemalol gapirar, o‘qir va yozishni bilardi.

Foto: Bollywoodtime

Yoshlar bir-biriga ko‘ngil qo‘ygach, turmush qurishadi. Tez orada ularning uzoq kutilgan va yagona qizi tug‘iladi, unga Diya deb ism qo‘yishadi. Qiz to‘rt yarim yoshga to‘lganda ota-onasi ajralishadi. Keyin ikkalasi ham yangi oila quradi, lekin farzand ko‘rmaslikka qaror qilishadi.

Foto: Bollywoodtime

Diyaning otasi u 9 yoshligida vafot etdi. Onasi musulmon erkak Ahmad Mirzaga turmushga chiqadi va qiz o‘gay otasining familiyasini oladi. “Men ikkinchi dadamni o‘gay ota deb atashni yomon ko‘raman. To‘g‘ri, u biologik otam emas, lekin u haqiqiy otasining o‘rnini egallashga urinmagan ajoyib, fantastik dada edi! Afsuski, u ham 2003-yilda vafot etdi”, — deydi Diya.

Foto: Bollywoodtime

Diya oilada yagona farzand bo‘lishiga qaramay, hech qachon taltayib ketmagan. Onasining dugonasi qo‘ng‘iroq qilib, Diya go‘zallik tanlovida qatnashishini so‘raganida, onasi bunga keskin qarshilik qiladi. U qizining Bangalordagi huquqshunoslik maktabiga borishini xohlardi, lekin ikkinchi eri uni qiziga ruxsat berishiga ko‘ndiradi.

Foto: Bollywoodtime

Avvaliga Diya “Hindiston go‘zali-2000” tanlovida ishtirok etadi va uchinchi o‘rinni egallaydi. Keyin esa “Osiyo go‘zali” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. 2000-yil Hindiston uchun zafarli yil bo‘ladi. Hind go‘zallari barcha xalqaro tanlovlardan toj olib kelishadi: Lara Datta “Koinot go‘zali”, Priyanka Chopra “Dunyo go‘zali”, Diya Mirza esa “Osiyo go‘zali” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Foto: Bollywoodtime

Oddiy o‘smir qizdan Diya birdan go‘zallik malikasiga aylanadi va katta e’tiborga sazovor bo‘ladi. Bollivud rejissorlari ketma-ket filmlarda rol o‘ynashni taklif qila boshlaydilar. Diya o‘zining debyutini Gautam Menonning “Yuragimdasan” romantik dramasida Madxavan va Saif Ali Xon bilan partnyorlikda o‘ynaydi.

Foto: Bollywoodtime

Chiqarilgan paytda tijoriy muvaffaqiyatga erishmaganiga qaramay, film yillar davomida kult klassikasiga aylandi.

Foto: Bollywoodtime

Go‘zal Diya Bollivudning top aktrisalari ro‘yxatiga kirish uchun barcha imkoniyatlarga egadek edi. Lekin bunday bo‘lmadi. Ba’zi tahlilchilar bunga qizning Aishvariya Ray bilan o‘xshashligi sabab bo‘lgan deb hisoblaydi. Tanqidchilar ba’zida Mirzani Rayga taqlid qilganlikda ayblashadi — hafsalasi pir bo‘lgan Diya esa intervyularida u Ashga taqlid qilmaganini qayta-qayta ta’kidlaydi.

Foto: Bollywoodtime

Diya “Muhabbat shaydosi”, “Faqat sen”, “Oilali ayol” kabi romantik filmlarda suratga tushgan. Yillar davomida yanada jiddiy rollarni ijro etadi. 2018-yilda Mirza eng ko‘p daromad keltirgan hind filmlaridan biri bo‘lgan “Sanju” biografik filmida Sanjay Dattning rafiqasi obrazini yaratadi.

Foto: Bollywoodtime

2020-yilda u “Tarsaki” dramasida rol o‘ynaydi va “Yilning eng yaxshi filmi” uchun Filmfare mukofotini qo‘lga kiritadi.

Diya Mirza va Sahil Sangha
Foto: Bollywoodtime

2014-yilning kuzida maftunkor Diya biznesmen Sahil Sanghaga turmushga chiqadi, ammo besh yildan so‘ng er-xotin ajralishadi. 2021-yil 15-fevralda Mirza yana turmushga chiqadi — bu safar tadbirkor Vaibxav Rekhaga.

Diya Mirza va Vaibxav Rekha
Foto: Bollywoodtime

To‘yidan uch oy o‘tgach, o‘g‘li Avyaan Azaad dunyoga keladi. Ikkinchi erining birinchi turmushidan Samaira ismli qizi ham bor.

Foto: Bollywoodtime

Hozirda Diya ko‘p vaqtini oilasiga bag‘ishlaydi, lekin karyerasini ham unutmaydi. 2021-yilda u “Agentimga qo‘ng‘iroq qiling: Bollivud” veb-serialida rol ijro etdi. Shuningdek, aktrisa yaqinda ekranlarga chiqqan Rajkumar Rao ijrosidagi “Olomon” nomli dramada ham ishtirok etdi.

Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »