Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

31-may kuni ertalab Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi Shimoliy Koreya janubga tomon raketa uchirganini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Foto: KCNA

Shu munosabat bilan Seulda havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilindi, Janubiy Koreya poytaxti aholisidan evakuatsiyaga tayyor turish va birinchi navbatda “bolalar va qariyalarni xavfsiz joylarga yetkazish” so‘ralgan. Biroz vaqt o‘tgach, mamlakat Ichki ishlar vazirligi shahar hokimiyati tomonidan yuborilgan ogohlantirish “noto‘g‘ri tashkil etilgan”ini bildirdi.

31-may kuni ertalab Yaponiya janubida ham havo trevogasi e’lon qilindi. “Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirgani taxmin qilinmoqda. U Okinava prefekturasi hududiga tushishi mumkin. Iltimos, binolar ichida yoki yer ostidagi xavfsiz boshpanalarga o‘ting”, — deyiladi Yaponiya milliy turizm tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ogohlantiruvchi bayonotda.

Pxenyan raketa dengizga qulaganini tasdiqladi

Mahalliy vaqt bilan soat 07:05 da (Toshkent vaqti bilan 03:05) Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketa “qulab tushganga o‘xshaydi” deb xabar berdi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hech narsa aytilmagan.

Bu raketaning ikki bosqichi bir-biridan ajralgan vaqtda sodir bo‘ldi, olimlar sababini o‘rganishmoqda, deb xabar berdi Shimoliy Koreyaning Koreya markaziy telegraf davlat agentligi. KXDR kosmik agentligi sinovni imkon qadar tezroq qayta boshlash niyatida, deb yozadi Yaponiyaning Choson Sinbo gazetasi. Pxenyan raketa turini “raketa tashuvchi” deb atamoqda.

Avvalroq Shimoliy Koreya yaqin haftalarda sun’iy yo‘ldosh uchirishi haqida Yaponiyaga bildirish yuborgan edi. Pxenyan Tokioni sun’iy yo‘ldoshni 31-may—11-iyun oralig‘ida uchirish rejalaridan xabardor qilgan

Yaponiya va Janubiy Koreya hukumatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining har qanday raketa sinovlarini taqiqlash haqidagi rezolyutsiyasiga ishora qilib, Shimoliy Koreya rasmiylaridan sun’iy yo‘ldoshni uchirish rejalaridan voz kechishni talab qildi.

Xususan, Tokio apparatni yo‘q qilish bilan tahdid qildi, chunki Pxenyan tomonidan har qanday raketa uchirilishi Yaponiya hududlari uchun xavf tug‘diradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »