Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yozda quyosh nurlaridan bahramand bo‘lishga odatlanganmiz. Ammo bu terimiz uchun har doim ham xavfsiz emas. Quyosh urishidan saqlanishingizga yordam beradigan bir necha himoya usullari haqida gaplashamiz.

Yorqin rangdagi kiyim kiying

Foto: AdMe

Yorqin ranglar ultrabinafsha nurlarni ko‘proq qaytaradi. Shuning uchun yozgi sayrlar uchun yorqin ranglardagi kiyimlarni tanlang. Tadqiqotga ko‘ra, qizil, kulrang va sariq rangli kiyimlar issiqlikni yaxshi qaytaradi.

Yaltiroq kiyimlarni tanlang

Foto: AdMe

Yaltiroq va shoyi matolar boshqa materiallarga qaraganda ultrabinafsha nurlarni ko‘proq qaytaradi. Laykra, neylon va akril kabi materiallardan tayyorlangan kiyimlar ajoyib tanlovdir.

Sintetik kiyim kiyishdan qo‘rqmang

Foto: AdMe

Umuman olganda, yozda paxta, viskoza yoki zig‘ir kabi tabiiy tolalardan tayyorlangan kiyimlarni kiysa bo‘ladi, chunki bunday kiyimlar issiqda haqiqatan ham qulayroq.

Biroq ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sintetik kiyimlar ultrabinafsha nurlarni yuqori darajada yutish qobiliyatiga ega, bu esa quyoshdan mukammal himoya qiladi.

Himoya darajasiga e’tibor bering

Foto: AdMe

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yozgi kiyimlarning taxminan 30 foizi quyosh nurlaridan yetarli darajada himoya qilmaydi. Buning sababi mato juda yengil va ultrabinafsha nurlar u orqali osongina o‘tadi.

Shuning uchun agar quyoshda ko‘p vaqt o‘tkazishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, ultrabinafsha nurlanishdan himoyalanish darajasi yuqori bo‘lgan kiyim tanlash kerak. Odatda, bu ko‘rsatkich mahsulot yorlig‘ida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yaxshi himoya darajasi SPF 30 yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.

Tor kiyimlarni unuting

Foto: AdMe

Qomatga yopishib turgan mato o‘zining himoya xususiyatlarini yo‘qotishi mumkin. Bundan tashqari, yozda tor kiyimda odam juda isib ketadi.

Oyoq barmoqlarini himoya qilishni unutmang

Foto: AdMe

Issiqda qilinishi kerak bo‘lgan yana bir narsa — oyoqlaringizni yopib turadigan poyabzalda yurish. Ochiq poyabzalda oyoq barmoqlari ko‘pincha qorayib ketadi. Agar ola-bula bo‘lishni xohlamasangiz, SPF kremdan foydalaning yoki barmoqlaringizni yopib turadigan oyoq kiyim kiying.

Bosh terisini himoya qiling

Foto: AdMe                                                                                                                                   

Bosh terisi boshqa teri kabi quyosh nurlaridan kuyishga moyil bo‘ladi. Boshga krem surtish qiyin, sochlar esa nurlanishdan unchalik yaxshi himoyalanmaydi. Ideal yechim — yuz, quloq va bo‘yinni himoya qiladigan keng qirrali shlyapa kiyishdir.

Qo‘lqop kiying

Foto: AdMe

Qo‘llardagi quyosh kremi tez yuvilib ketadi. Shuning uchun, iloji bo‘lsa, quyoshdan himoya qiluvchi qo‘lqop kiygan ma’qul, ayniqsa, tomorqa ishlarida.

Kirlarga oqartiradigan vosita ishlatmang

Foto: AdMe

Oqartiruvchi vositalarni tez-tez ishlatish matoning quyoshdan himoyasini kamaytirishi va terini yanada zaiflashtirishi mumkin.

Ko‘chaga chiqishdan 15 daqiqa oldin SPF kremdan foydalaning

Foto: AdMe

Yuz va bo‘yinga kremni yupqa qilib surtishning o‘zi yetarli emas. Muayyan tavsiyalar mavjud bo‘lib, shundagina terini maksimal himoyalashingiz mumkin. Avvalo mahsulotni ko‘chaga chiqishdan 15 daqiqa oldin qo‘llash muhim, chunki teriga so‘rilishi uchun vaqt kerak. Bundan tashqari, yetarli miqdorda SPF kremini ishlatish muhimdir — yuz va bo‘yin uchun kamida 1 gramm. Bu taxminan 1/3 choy qoshiqqa teng.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »