Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kechqurun sochlar yangi ko‘rinishini yo‘qotsa va kundalik yuvish ajralmas odat bo‘lsa, bu ko‘pincha qator noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bu nima uchun sodir bo‘ladi va qanday yo‘l tutish kerakligi borasida Maxsim online nashri bir qator tavsiyalarni keltirib o‘tdi.

Sochni qancha oraliqda yuvish kerak?

Odatda, sochlar yuvilganidan keyin 2-3 kun ichida kirlanadi. Ba’zi odamlarning bosh terisi quruqligi, sochlarning qattiqligi va g‘ovakliligi tufayli bu muddat 5 kungacha cho‘zilishi mumkin.

Sochingizni yuvgandan keyin bir necha soat o‘tgach yoki o‘sha kuni kechqurun bosh terisi yog‘lanib, sochlar yangiligini sezilarli darajada yo‘qotganda muammolar haqida gapirishingiz mumkin.

Nima uchun soch tez yog‘lanadi?

Ko‘pincha bosh terisining tez va kuchli kirlanishi sababi yog‘li seboreya — yog‘ bezlari haddan tashqari ko‘p miqdorda sekretsiya chiqaradigan patologiya hisoblanadi. Bunga quyidagi alomatlar hamroh bo‘ladi:

  • Qayzg‘oq;
  • Bosh terisining qichishi va quruqligi;
  • Soch to‘kilishi, ingichkalashishi va mo‘rtlik;
  • Bosh terisining qizarishi, tortishish hissi, bezovtalik;
  • Noxush hid.

Uning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ko‘plab omillar ta’sir qiladi — irsiyatdan un va shirinliklarni ortiqcha iste’mol qilishgacha. Birlamchi sabab trixolog huzurida mutaxassis yordami bilan aniqlanadi.

Bosh terisidagi yog‘lanishni qanday kamaytirish mumkin?

Yog‘li seboreyani samarali davolash uchun kompleks yondashuv qo‘llaniladi:

  • Dori-darmonlar, antiseptik, zamburug‘ga qarshi va keratolitik preparatlar buyuriladi;
  • Terapiya kosmetik muolajalar bilan to‘ldiriladi;
  • Ta’sirni yaxshilashga uyda parvarish qilish va parhezni tuzatish yordam beradi.

Yog‘li bosh terisini davolash uchun darsonvalizatsiyadan foydalaniladi. Ushbu usul yog‘ bezlarining faolligini ularga impulsli oqim ta’siri tufayli kamaytirishga imkon beradi. Oqim yuqori chastotali va kam quvvatli bo‘lgani uchun, bosh terisi uchun mutlaqo xavfsizdir va jarayonning o‘zi nihoyatda qulay.

Mezoterapiya bosh terisining yog‘lanishini yengishga yordam beradi. Bu hujayralarni oziqlantiradigan vitaminlar va mikroelementlarning yuqori miqdori bo‘lgan maxsus preparatlarning teri ostiga qilinadigan inyeksiyalaridir. Bunday kokteyllar tufayli teridagi metabolik jarayonlar uyg‘unlashadi va u shifo beradi.

Shuningdek, yog‘li seboreyani davolashning bir qismi sifatida parafin terapiyasi qo‘llaniladi. Maxsus tibbiy parafin terining yangilanishiga, undagi metabolik jarayonlarning faollashtiradi, qichishish va yallig‘lanishni kamaytiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »