Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tasavvur qiling, Loki Tor rolini, Yulduzli Lord esa Kapitan Amerika rolini o‘ynasa. Keling, parallel Marvel kino olami qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.

Kichik Robert Dauni

Foto: Filmdan kadr

Darhaqiqat, studiyaning zamonaviy tarixi aynan shu shaxsdan boshlangan. Komikslar asosidagi filmlar 2008-yilgacha suratga olingan, biroq ular “Temir odam” kabi mashhur bo‘lmagan. Agar Jon Favro kichik Dauniga ishonmaganida edi, superqahramonlar kinosi davri ancha kech kelgan bo‘lishi mumkin edi.

O‘sha paytda rejissorda juda ko‘p mashhur aktyorlar ro‘yxati bor edi — dastlab Leonardo Di Kaprio, Sem Rokvell va Tom Kruz ko‘rib chiqiladi, keyinchalik rol Xyu Jekmanga taklif qilinadi, “Arvoh poygachi” nomi bilan tanilgan komikslar muxlisi Nikolas Keyj ham ro‘yxatga kiritilgandi. Biroq bu rolga Marvel’ning boshqa filmi uchun kastingdan o‘tgan Robert tanlanadi — u “Fantastik to‘rtlik”da Doktor Dum rolini o‘ynamoqchi bo‘lgan.

Foto: Filmdan kadr

Kris Pratt

Foto: Filmdan kadr

Aktyor dastlab Kapitan Amerika yoki Tor rolini o‘ynashni xohlagan. Pratt yangi Marvel loyihasi boshlanishi haqida bilishi bilanoq, kastingga tayyorlanardi. Ammo unga mos qahramon yo‘q edi.

Kris DC loyihasiga ham olinmagan. Aktyor superqahramon bo‘lishdan umidini uzgan paytda “Galaktika qo‘riqchilari”ga lider kerak bo‘lib qoladi. 2014-yilda Jeyms Gann Prattni Yulduzli Lordga aylantiradi.

Foto: Filmdan kadr

Jeyk Jillenxol

Foto: Filmdan kadr

Jeyk Jillenxol Doktor Strenj rolini o‘ynamoqchi edi, ammo mag‘rur superqahramon jarroh roli Benedikt Kamberbetchga nasib etadi. Dastlab britaniyalik aktyor loyihada ishtirok etishdan bosh tortadi, ammo qahramonning tarixini o‘rgangach, rozi bo‘ladi. Agar u fikrini o‘zgartirmaganda Jillenxol loyihada o‘z o‘rniga ega bo‘lmasdi — studiyada juda kuchli zaxira ro‘yxati bor edi — Kianu Rivz, Vigo Mortensen, Rayan Gosling, Jared Leto, Xoakin Feniks, Tom Xardi va Kolin Farrell qisqa ro‘yxatga kiritilgandi.

Foto: Filmdan kadr

Bir necha yil o‘tgach, Misterio obrazidagi Jeyk “O‘rgimchak odam: Uydan uzoqda” filmining bosh qahramoniga aylanadi.

Anjelina Joli

Foto: Filmdan kadr

Eng chiroyli Marvel kastingi, ehtimol, 2009-yilda — “Temir odam” filmining ikkinchi qismini suratga olish boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tgandir. Aynan o‘sha yerda Natasha Romanoff paydo bo‘ladi. Toni Starkning quroldoshi bo‘lgan superqahramon keyinchalik kino olamining asosiy qahramonlaridan biriga aylanadi va 9 ta filmda ishtirok etadi. Skarlett Yoxansson hammasida o‘ynaydi, ammo uning o‘rnida Anjelina Joli bo‘lishi mumkin edi.

Marvelga qo‘shilish uchun aktrisa 10 yildan ortiq kutdi. Ammo u bunday qurbonliklarga tayyor edi:

“Men aktrisalik nuqtayi nazaridan juda xilma-xil oilaning bir qismi bo‘lishni xohlardim. Rolimning qanchalik katta bo‘lishi men uchun muhim emasdi”.
Foto: Filmdan kadr

2021-yilda “Umrboqiylar” filmi ekranlarga chiqdi, unda aktrisa umrboqiylar yetakchisi Tena rolini ijro etdi.

Tom Xiddlston

Foto: Filmdan kadr

Loki — Marvel muxlislarining sevimli antagonistlaridan biri. Kim biladi, agar Tom Xiddlstonning o‘rnida boshqa birov bo‘lganida, yolg‘on xudosi maftunkor bo‘lib chiqqan bo‘larmidi? Britaniyalik aktyor dastlab Tor roli uchun imtihondan o‘tadi. Ammo rejissor Kennet Brana tezda momaqaldiroqni Kris Xemsvortga topshirish kerakligini tushunadi.

Foto: Filmdan kadr

Aytgancha, kichik Xemsvort ham mazkur filmda o‘ynashi mumkin edi — Liam ham kastinglarda qatnashgan. Bundan tashqari, Kris ukasining maslahatiga tayanib, sinov dubllarini o‘ynaganini tan oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »