Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston mavsum boshidan beri 30 ming tonnadan ortiq tarvuz eksport qildi va rekord qayd etdi. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

O‘zbekistonda tarvuz hosilining birinchi partiyasini tashqi bozorlarga jo‘natish joriy yil may oyining birinchi o‘n kunligida, o‘tgan yilgidan bir hafta ertaroq boshlandi. Ammo bu mahsulotlarning ommaviy eksporti may oyining o‘rtalarida boshlangan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan qisqa vaqt ichida O‘zbekiston 30 ming tonnadan ortiq yangi tarvuz eksport qildi va eksport mavsumi boshidan rekord o‘rnatdi.

Dastlabki savdo statistikasiga ko‘ra, 2023-yil may oyida O‘zbekiston jami 6,5 million dollarlik 30,4 ming tonna tarvuz eksport qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 baravar va 2021-yilning may oyiga nisbatan 12 barobar ko‘pdir.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan tashqi bozorlarga tarvuz jo‘natishning eng faol davri may oyining uchinchi o‘n kunligidir. Bu davrda butun oy davomidagi eksportning qariyb 95 foizi amalga oshiriladi. Shunday ekan, joriy yil may oyining so‘nggi o‘n kunligida 29 ming tonnaga yaqin tarvuz tashqi bozorga jo‘natildi — kuniga o‘rtacha 2,6 ming tonna.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi tarvuz eksport mavsumining bunday optimistik boshlanishi 2023-yil oxirigacha O‘zbekiston ushbu mahsulotning o‘tgan yilgi rekordini yangilashi mumkinligini ko‘rsatadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »