Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har qanday yolg‘on ertami-kechmi oshkor bo‘ladi. Ammo ba’zi hollarda aktyorlar nafaqat rol olishga, balki uni shu qadar muvaffaqiyatli ijro etishga muvaffaq bo‘lishadiki, natijada tomoshabin va tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lishadi.

Kris Xemsvort bo‘yi haqida yolg‘on gapirgan

Foto: Filmdan kadr

Kris Xemsvortning bo‘yi 1,92 sm. Bundan tashqari, u doimo mukammal jismoniy holatda yuradi.

Shunga qaramay, studiya “Qasoskorlar” filmidagi Tor roli uchun bo‘y chegarasini 185 sm qilib belgilab qo‘yadi. Aks holda, chaqmoq xudosi fonida qolgan Qasoskorlar pakana bo‘lib ko‘rinardi.

Xemsvort intervyusida aytganidek, u bir soniya ham ikkilanmay, bo‘yi atigi 185 ekanligini aytadi. Kastingda aktyor biroz egilib yuradi. Yaxshiyamki, o‘sha kuni komissiya a’zolaridan hech biri o‘zi bilan o‘lchagich olib kelmagan ekan.

Robert Pattinson o‘qiganman, deb yolg‘on gapiradi

Foto: Filmdan kadr

“Garri Potter va alanga kubogi” filmida Sedrik Diggori rolini o‘ynagach, Robert Pattinsonning aktyorlik faoliyatida biroz tanaffus bo‘ladi. Shu sababli aktyor Gollivudga borganida, kasting rejissorlarining so‘nggi bir necha yil ichida nima uchun bittayam rol o‘ynamagani haqida so‘rashganida, u Oksforddagi kurslarda o‘qiganman deb javob beradi. Aktyorning inglizcha talaffuzini inobatga olsak, bu yolg‘on har doim unga qo‘l kelgan. Uning bu yolg‘oni “Sumerki” franshizasida o‘lmas vampir Edvard Kallen rolini olishga yordam beradi.

Liam Xemsvort voleybol o‘ynay olaman deb aldaydi

Foto: Filmdan kadr

Liam Xemsvort rejissor Juli Enn Robinsonni plyaj voleybolini yaxshi o‘ynashiga ishontirganidan so‘ng “So‘nggi qo‘shiq” romantik dramasida bosh rolga tasdiqlanadi. Suratga olish maydonchasida u ushbu kadrni dublyor o‘ynashini so‘radi, ammo Liamning baland bo‘yi tufayli unga munosib dublyor topilmaydi.

Xemsvortning so‘zlariga ko‘ra, bu juda sharmandali holat edi, chunki u kabi voleybol o‘ynay oladigan oddiy aktyorlar o‘rniga kasting direktori negadir professional jamoani olib keladi, Ularning oldida aktyor shunchaki achinarli ko‘rinardi.

Xloe Greys Morets Martin Skorsezega ingliz ekanligi haqida yolg‘on gapiradi

Foto: Filmdan kadr

Kasting direktoriga yolg‘on gapirish ko‘p uchraydigan holat. Ammo Martin Skorseze kabi afsonaviy rejissorning ko‘ziga qarab yolg‘on gapirish uchun katta yurak kerak. Va surbetlik ham, aftidan Xloe Greys Moretsda ikkisidan ham bor.

Aktrisa rejissorni ingliz ekanligiga ishontiradi va Skorseze faqat ingliz aktyorlarini ko‘rishni xohlagan filmda rol o‘ynaydi. Gap Jud Lou, Kristofer Li, Ben Kingsli va Sasha Baron Koen rollarini ijro etgan “Vaqt qo‘riqchilari” filmi haqida ketmoqda.

Xloega uning britaniya aksentida gapirishi qo‘l keladi. Biroq bir kuni Skorseze Moretsning aksentsiz, odatdagidek gapirayotganini eshitib qoladi va yolg‘on gapirganini biladi. Ammo uni haydab yubormaydi.

Todd Laturet qo‘lini urushda yo‘qotgani haqida yolg‘on gapiradi

Foto: Filmdan kadr

Nogiron aktyor Todd Laturet doimo kastingga kelganida qo‘lini urushda yo‘qotganini aytib, yolg‘on gapirganini tan oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlarni unga moyil qildi va rollarni olishga yordam berdi. Shunday qilib, u Jorj Kluni bilan “Tentak maxsus agent” filmida va “U va to‘tiqush” hind dramasida rol o‘ynaydi.

2019-yilga kelibgina Laturet baxtsiz hodisada qo‘lini yo‘qotganini tan oladi. U bipolyar tarqoqlikdan aziyat chekadi. Bir kuni u buyurilgan dori-darmonlarni qabul qilishni to‘xtatadi, kasallik xuruj qilganda qo‘lini arra bilan kesib tashlaydi.

Arnold Shvarsenegger Silvestr Stalloneni aldab, bema’ni filmda suratga tushishiga sababchi bo‘ladi

Foto: Filmdan kadr

Bu yolg‘on boshqalardan bir oz farq qiladi, chunki gap rolni boshqa odam olishi uchun yolg‘on gapirgan aktyor haqida ketyapti.

80-90-yillarda Arnold Shvarsenegger va Silvestr Stallone karyeralarining cho‘qqisiga chiqadi va Gollivuddagi bosh aktyorlik unvoni uchun kurashadi. Bu raqobat ularni bir-biridan yaxshiroq ko‘rinish uchun hamma narsa qilishga majbur qiladi. Eng hayratlanarli epizod Shvarsenegger Stalloneni aldab dahshatli filmda bosh rolga o‘tkazgani bo‘ladi.

“To‘xta yoki onam otadi” — bu o‘ta bema’ni film va Shvarsenegger buni ssenariyni o‘qigan paytdanoq bilgan. Shu bois u raqibi filmni “o‘g‘irlashi”ga umid qilib, shu loyihaga qiziqayotgani haqida mish-mish tarqatadi. Va bu natija beradi. Stallone ikki haftadan keyin shartnomani imzolaydi. “To‘xta yoki onam otadi” uning karyerasidagi eng yomon filmlardan biri. Natijada Shvarsenegger esa o‘z maqsadiga erishadi.

Ko‘plab aktyorlar ot minishni bilaman, deb aldagan

Foto: Filmdan kadr

Enn Xeteuey “Bukri tog‘” filmida rol o‘ynashga shunchalik ishtiyoqmand ediki, u rejissor Ang Lini ot mina olishiga ishontiradi. Aktrisa bir necha oy davomida mashg‘ulotlarga boradi va oxir-oqibat toqat qilib otda o‘tirishni o‘rganadi. Ammo suratga olish maydonchasida qo‘shimcha chavandozlar qatorida u boshqaruvni yo‘qotadi va otdan yiqiladi.

Eddi Redmeyn ham “Yelizaveta I” filmining suratga olish jarayonida xuddi shunday qilgan. Natijada suratga olishning ilk kunidayoq tuyoqlar ostida qoladi va mo‘jizaviy tarzda omon qoladi.

“Mo‘jiza” filmidagi Reychel MakAdamsdan otlar va buyvollar bilan muloqot qilish talab qilingan, ammo aktrisa ulardan juda qo‘rqardi. Shuningdek, u rejissorga otlarga allergiyasi borligini aytmaslikka qaror qiladi. Biroq Reychel otxonaga kirishi bilanoq bu narsa hammaga ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »