Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchiligimiz Garri Potter bilan katta bo‘lganmiz va yiliga kamida bir marta sehrgar bola haqidagi filmni tomosha qilamiz. Bunday paytlarda filmni detallarga e’tibor bergan holda ko‘rasiz. Shunda ba’zi narsalar ayon bo‘ladi: liboslar bo‘yicha dizaynerlar kiyim yordamida qahramonlar haqida ko‘p narsalarni aytib berishadi.

Voldemortning mantiyasi

Foto: Filmdan kadr

Juda diqqatli tomoshabinlar o‘limi yaqinlashgani sari Zulmat lordining kiyimlari xiralashganini payqagan bo‘lishi kerak. Bu yovuzning zaiflashib borayotganini vizual ravishda ko‘rsatadi. Xogvarts jangi sahnasida deyarli barcha yovuzlar qora libos kiygan, Voldemortning xira mantiyasi ulardan ajralib turadi.

Ron va Germionaning kiyimlari

Foto: Filmdan kadr

Muxlislar Ron va Germionaning kiyimlari borgan sari bir-biriga uyg‘unlashib borayotganini payqashgan. Masalan, chiziqli futbolkalar. Tomoshabinlar bu o‘zaro sevgi belgisi, deb taxmin qilishadi.

Molli Uizlining to‘qilgan ko‘ylagi

Foto: Filmdan kadr

Molli Nartsissa Malfoy kabi yangi ko‘ylaklar sotib ololmaydi. Ayol bolalari uchun sviter to‘qiydi, qolgan turli xil iplardan esa o‘ziga kiyim to‘qib oladi. Molli har qanday ayol kabi bunday kamxarj usulda bo‘lsa ham, chiroyli ko‘rinishni xohlaydi.

Oltin uchlik mantiyalari

Foto: Filmdan kadr

Mantiya kiyish uslubi ham qahramonlarning xarakteriga ishora qiladi. Germionaning mantiyasi tartibli, oldi qadalgan, Garriniki oldi ochiq, Ron esa mantiyasiz, bitta ko‘ylakda.

Drako Malfoyning qora kostyumi

Foto: Filmdan kadr

“Qaqnus kubogi”da Voldemort klassik qora kostyumda paydo bo‘ladi. Keyinchalik shunga o‘xshash kostyumni Drako kiyadi. Bu, ehtimol, Malfoylar oilasi kimga xizmat qilishiga bir ishoradir.

Fler Delakur shlyapasi

Foto: Filmdan kadr

Sharmbaton qizlarining maktab formasi ular Xogvartsda kiygan kiyimidan juda farq qiladi. Liboslar dizaynerining so‘zlariga ko‘ra, go‘zal talabalarning liboslarida Fransiyaga ishora qilingan. Moviy rang an’anaviy ravishda bu mamlakat madaniyatida ko‘p narsani anglatadi. Boshqa tomondan, shlyapalari ham fransuz ayollariga assotsiatsiya qilinadi.

Dolores Ambrij kostyumlari

Foto: Filmdan kadr

Ambrij dahshatli yovuz odam sifatida paydo bo‘ldi va ko‘p jihatdan uning tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatining kontrasti bunga ishora qiladi. Pushtirang va mushukchalarni yaxshi ko‘radigan yoqimtoy kampir o‘z shogirdlarini qonli qalamda “Men yolg‘on gapirmasligim kerak” deb yozishga majbur qiladi. Ambrijning kiyimlaridagi pushti rang ham ochdan quyuqroqqa o‘zgarib, Doloresning tobora jazavaga tushib borayotganini ko‘rsatadi.

Bellatriks Lestreynj liboslari

Foto: Filmdan kadr

Bellatriks qadimiy Bleyklar oilasiga mansub, shuning uchun barcha kiyimlari qora rangda. Shuningdek, ushbu familiyaning obro‘sini ta’kidlash uchun kostyum dizayneri yovuz ayolning liboslariga o‘rta asr elementlarini — korset va to‘rli yenglarni kiritadi.

Garrining formasidagi 7 raqami

Foto: Filmdan kadr

Bosh qahramon yettinchi raqamli formada kviddich o‘ynaydi. Joan Rouling uchun bu raqam katta ahamiyatga ega. Potterian yettita kitobdan iborat, Voldemort 7 ta sirli artefakt yaratgan va Garri Potter ularning oxirgisi.

Lyutsis Malfoy libosi

Foto: Filmdan kadr

Tomoshabinlar Lyutsisni hashamatli liboslarda ko‘rishga odatlangan. Ammo Xogvarts jangida u aristokratlardek emas, balki jangchi kabi kiyinadi. Malfoy egnidagi charm kurtka zirhga o‘xshaydi, bezaklari esa keltlar naqshlarini eslatadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »