Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 4-iyun kuni Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashganidan so‘ng Shvetsiya Anqaraning talablarini bajarganini va NATOga a’zo bo‘lish huquqiga ega ekanini aytdi.

Foto: NATO

“Shvetsiya Turkiyaning talablarini qondirish uchun muhim va aniq qadamlar qo‘ydi. Shvetsiya o‘z majburiyatlarini bajardi”, — deb ta’kidladi Stoltenberg Stokgolm tomonidan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarni eslatib.

“NATOga a’zo bo‘lish Shvetsiyani xavfsizroq qiladi, NATO va Turkiyani ham kuchaytiradi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi AFP. NATO bosh kotibi Erdo‘g‘on bilan kelgusida Shvetsiya ishtirokida Muntazam qo‘shma mexanizm yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olganini aytdi.

Shvetsiya va Finlyandiya 2022-yilda – Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan ko‘p o‘tmay, NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. Mamlakatlarning alyansga qo‘shilishi uchun uning barcha a’zolari arizani ma’qullashi kerak edi. Turkiya Shvetsiyani Kurdiston Ishchilar partiyasiga aloqador o‘nlab odamlarni Anqaraga topshirishdan bosh tortishda ayblab, uning NATOga qo‘shilishiga qarshi chiqdi.

Aprel oyi boshida Turkiya Finlyandiyaning alyansga kirishini ratifikatsiya qildi, biroq Stokgolm Anqara terrorchi deb hisoblagan jangari guruhlar a’zolariga boshpana berayotganini aytib, Shvetsiyaning a’zoligiga e’tiroz bildirishda davom etdi. May oyida Shvetsiya parlamenti terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha mamlakat qonunlarini qat’iylashtirishga qaratilgan tuzatishlarni qabul qildi. Bu harakat Turkiyani ko‘ndirishiga yordam berishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »