Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozmoqchi bo‘lsangiz, barcha mevalar, rezavorlar va yong‘oqlarni taomnomangizga qo‘shish shart emas. Ularning ko‘pchiligi fruktozaning yuqori dozalarini o‘z ichiga oladi. Bu shakar bir zumda qonda qand miqdorini oshiradi va keyinroq kuchli ochlikni keltirib chiqariadi. Shuning uchun kam uglevodli diyetada shirinlik uchun mos bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini va insulinning keskin ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilgan har qanday boshqa ovqatlanish rejasini tuzdik, deb yozadi The Voice Mag nashri.

Foto: Beautiful

Qaysi mevalar kam uglevodli hisoblanadi?

Diyetologlar amaliyotida tennis to‘pi o‘lchamidagi bir dona mevada taxminan 5 gramm uglevod bo‘lsa, bu meva past uglevodli hisoblanadi. Uglevod kam bo‘lgan mevalar va ularning klechatkali tarkibi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjud.

Klechatka — uzun zanjirli murakkab uglevodlarning bir turi bo‘lib, u organizm tomonidan to‘liq so‘rilmaydi. Bu shakarning so‘rilishini sekinlashtirishga yordam beradi va to‘qlik tuyg‘usini uyg‘otadi, shuning uchun u qonda qand darajasini barqaror ushlab turish va vaznni nazorat qilish uchun asosiy ozuqa hisoblanadi.

Kam uglevodli eng yaxshi mevalar

O‘rik

Foto: The Voice Mag

 

Bir dona o‘rikda 5 grammdan ko‘proq uglevod mavjud. Bu mayda xushbo‘y mevalar insoniyatga qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lib, og'riq qoldiruvchi, antigelment, astmaga qarshi, antipiretik, antiseptik, antispazmodik, tinchlantiruvchi, oftalmik va boshqa ko‘plab shifobaxsh ta’sirlarga ega. Ular A va C vitaminlariga boy.

Nok va olma

Foto: The Voice Mag

 

Bu mevalarni hamma ularni yaxshi ko‘radi! Bir dona nok yoki olma tarkibida 5-6 gramm toza uglevod va taxminan 2 gramm klechatka mavjud (nokda olmaga qaraganda bir oz ko‘proq klechatka bor, ammo olma pektinlari suvni yaxshiroq ushlab turadi va sizni uzoqroq to‘q tutadi). Ham nok, ham olma, ayniqsa, yeryong‘oq yoki bodom yog‘i bilan aralshtirganda vazn yo'qotish uchun ajoyib qorishmadir.

Greyfrut va limon

Foto: The Voice Mag

 

Hamma ham greyfrutni yoki undan ham ko‘proq limonni kesib yeya olmaydi, lekin atigi 3-4 gramm uglevodlarni o‘z ichiga olgan bu sitrus mevalardan voz kechish kerak degani emas. Ular uglevod iste’moliga sezilarli ta’sir qilmasdan taomlar, souslar va ichimliklarning ta’mini yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin.

Shaftoli

Foto: The Voice Mag

 

Har bir mevada taxminan 4 gramm uglevodlar va taxminan 1 gramm klechatka mavjud. Shaftolida uglevodlar o‘rtacha darajadan past bo‘lib, tarkibida A va C vitaminlari bor. Ko‘plab mutaxassislar tomonidan dorivor meva sifatida qaraladi. Shaftoli qarish bilan bog‘liq kasalliklarga nisbatan, ayniqsa, foydalidir. Bularga semirish, diabet, gipertoniya va yallig‘lanish, shuningdek, yurak-qon tomir, neyrodegenerativ va saraton kasalliklari kiradi.

Kantalupa qovun turi

Foto: The Voice Mag

 

Yorqin to‘q sariq mag‘zi bilan qovunning bu navi boshqalari kabi shirin emas va nisbatan kam miqdordagi uglevodlarni o‘z ichiga oladi. Kantalupa (va boshqa qovunlar ham bundan mustasno emas) minerallar va vitaminlarga boy, shuning uchun ulardan iste’mol qilganda ichaklar faoliyati normallashadi, teri va soch holati yaxshilanadi.

Rezavor mevalar

Foto: The Voice Mag

 

Har qaysi rezavor meva porsiyasida eng kam sof uglevod bor (taxminan 2 gramm), qulupnayda eng ko‘p (taxminan 3 gramm) bunday past uglevodli diyetada ovqatlanishning bir qismi sifatida juda foydali. Ular ichak mikrobiomasini yaxshilaydi, organizmni mikro-yallig‘lanishdan himoya qiluvchi va yurak-qon tomir tizimi holatini rag‘batlantiruvchi antioksidantlar va polifenollar bilan ta’minlaydi.

Kokos

Foto: The Voice Mag

 

Kokos yong‘og‘ining har bir donasida atigi 3 gramm uglevod mavjud, shuningdek, mazali ta’m va boy mineral profilga ega. Kokos tarkibidagi har bir mikroelement foydali, ammo kaloriyasi juda yuqori, shuning uchun iste’mol qilganda me’yorni unutmagan ma’qul.

Tarvuz

Foto: The Voice Mag

 

Tarvuzda 4 grammdan kam sof uglevodlar mavjud bo‘lib, antioksidantlarga, vitaminlarga, ozuqa moddalariga va elektrolitlarga boy. Jumladan, tarkibida vitamin C, likopen, xolin, kaliy, magniy, tola, temir va hatto, bir oz kalsiy uchraydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »