Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilarining yozishicha, rossiyalik harbiylar Kaxovka GESni portlatish orqali Ukraina qo‘shinlarining Xerson viloyatidagi Dnepr chap qirg‘og‘iga tushishiga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilgan. Biroq bu asosiy janglar hududidagi vaziyatga ta’sir qilmaydi.

Foto: Telegram

“Rossiya suv toshqinidan Dnepr daryosini kengaytirish uchun foydalanishi va suv havzasidagi og‘ir vaziyat tufayli Ukrainaning qarshi hujumga urinishlarini murakkablashtirishi mumkin. Rossiya manbalari Ukraina daryoni kesib o‘tib, Xerson viloyatining sharqiy qirg‘og‘ida qarshi hujumga tayyorlanishidan qattiq xavotir bildirgandi”, — deydi tahlilchilar.

Shu bilan birga, ISW suv toshqini Dnepr deltasida joylashgan orollardagi Ukraina pozitsiyalarini yuvib yuborgani va ukrainalik askarlarni Rossiya artilleriyasining o‘qlari ostida evakuatsiya qilishga majbur qilganini ta’kidladi. Biroq bu umumiy vaziyatga katta ta’sir ko‘rsatmadi, deydi ular.

“Toshqindan zarar ko‘rgan hududlar (Nova Kaxovka va Kizomis o‘rtasidagi 120 km radiusda) geografik jihatdan so‘nggi bir necha kun ichida janglar kuzatilgan front chizig‘idan ancha uzoqda joylashgan. Dneprning quyi qismidagi suv toshqini yaqinda faol harbiy harakatlar sodir bo‘lgan hududlarga ta’sir qilishi dargumon”, — deydi tahlilchilar.

Eslatib o‘tamiz, 6-iyunga o‘tar kechasi Kaxovskaya GES to‘g‘oni vayron bo‘ldi. Ukraina tomoni to‘g‘onni rossiyaliklar portlatganini ma’lum qildi. Hodisa oqibatda 80 ga yaqin aholi punkti toshqin zonasida qolgan. Aholini evakuatsiya qilish davom etmoqda.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi rossiyaliklar Ukraina bo‘linmalarining oldinga siljishini to‘xtatish maqsadida Kaxovka GES inshootlarini portlatganini da’vo qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »