Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, semirib ketish global miqyosda epidemiya darajasiga yetdi. Har yili kamida 2,8 million kishi ortiqcha vazn yoki semirib ketish oqibatida vafot etadi. Bir paytlar yuqori daromadli mamlakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan semizlik endi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda ham keng tarqalgan.

O‘zbekiston aholisi orasida ham ortiqcha vazndan aziyat chekayotganlar yetarlicha topiladi. Shunday ekan bu mavzuda dolzarb savollarni muhokama qilishning ayni vaqti. Bugungi kunda ko‘pgina ayollar orasida urf bo‘layotgan bariatriya (oshqozonni jarrohlik amaliyoti orqali kichraytirish) ortiqcha vazn muammosiga yechim bo‘la oladimi? Ushbu savolga endokrinolog va diyetolog, “Nafosat” ayollar sog‘lomlashtirish uyining asoschisi Osiyo Ismailova javob beradi.

“Bariatriya, albatta, yechim. Faqat kimlar uchun yechim? Diyetalar, turli sport turlari bilan shug‘ullanib, oza olmaganlar va ovqat yeyish vaqtida o‘zini tiyib tura olmay, me’yordan ko‘p yeb qo‘yadiganlar uchun yechim”, — deydi diyetolog.

“Bu jarrohlik amaliyotini butunlay noto‘g‘ri narsa deyolmayman. Chunki vazni nihoyatda katta bo‘lgan, bir qancha parhezlardan toliqqan insonga bariatriya yordam beradi. Ammo ahamiyat berish kerak bo‘lgan muhim jihat bor: bu amaliyotdan so‘ng oshqozonning ma’lum qismi olib tashlanadi va tabiiy holatda 100 gramm go‘sht yegan bo‘lsangiz, sizning endi organizmga 10 gramm ham go‘sht tushmaydi.

Go‘sht — bu oqsil, oqsil esa organizmning qurilish materiali. Oqsildagi 20 xil aminokislotalar organizmning barcha tizimida ishtirok etadi. Ratsiondan oqsil kamayib ketgandan so‘ng o‘z-o‘zidan mushaklar yo‘qola boshlaydi, kollagen qavatlari yemirilib boradi, immunitet tushadi, limfotsit tizimida o‘zgarish yuz beradi”.

Bariatriyadan so‘ng organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?

“Bir bemorim ikki yilcha oldin oshqozonini bariatriya qildirgan ekan. O‘shanda ham u o‘zining ideal vazniga yeta olmagan. Chunki amaliyotdan so‘ng kerakli muolajalarni to‘liq bajara olmagan. 117 kilogramm vazni jarrohlikdan so‘ng 78 kilogrammga tushgan va shu holda qotib qolgan.

Yuqorida aytilganidek, organizmning umumiy himoya tizimi ishdan chiqqan va tashqi tomondan nimadir xavf soladigan bo‘lsa, bu organizm unga qarshi turib bera olmaydi. Shu bois bu amaliyotni o‘tkazishdan oldin qondagi temir, oqsil miqdorini, gormonlar almashinuvini obdon tekshirish talab etiladi.

Ortiqcha vazn bilan kurashayotgan insonlarning deyarli barchasida oqsil yetishmasligi kuzatiladi. Chunki organizmdan oqsil chiqib ketib, tanada yog‘ va suv to‘plangan bo‘ladi. Bariatriyadan oldin oqsillar almashinuvini tartibga solish zarur. Oqsil tanqisligi holatida qilingan jarrohlik amaliyoti vaziyatni og‘irlashtirib qo‘yadi. Sababi bariatriya qildirayotgan ayollarning 80 foizida osteoporoz kasalligi boshlanmoqda. Osteoporoz — suyak yemirilishi, bu kasallik oqsil yetimasligidan kelib chiqadi”.

“Hozirgi kunda ozdiruvchi marafonlar, turli kokteyllar, turli dori vositalari ko‘payib ketdi. Ayollar ana o‘shalarni sinab ko‘radi-da, kutilmagan natija bo‘lmagandan keyin to‘g‘ri ovqatlanish bilan ozishning iloji yo‘q, oxirgi yechim bariatriya ekan, degan fikrga keladi. Yo‘q, to‘g‘ri mutaxassisni tanlab, uning nazoratida va ko‘rsatmasi bilan metobolizmni, gormonlarni joyiga tushirish orqali, shuningdek, qondagi insulin darajasini kamaytirish orqali, albatta, ozish mumkin”, — deydi Osiyo Ismailova.

Qancha mablag‘ sarflash kerak?

“Bariatriyaning o‘rtacha narxlari hammaga ma’lum, 25 mln so‘mdan oshiq. Hozirgi kunda moddiy tarafdan muammosi bo‘lmagan ayollar o‘zimizda emas, chet elga borib bariatriya qildirib kelmoqda. Bu amaliyotni xorijda o‘tkazish ikki barobar qimmatga tushadi.

Sog‘lom ozish dasturlari bo‘yicha ozishga o‘zimdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, ko‘pi bilan 5-6 mln pul xarj qilinadi. Va bu sog‘lom ozish deganidir. Bariatriya qildirmoqchi bo‘lgan ayollarga esa chuqur laborator tahlillardan o‘tishlarini, amaliyotdan so‘ng qo‘shimcha vitamin komplekslarini qabul qilishlarini tavsiya qilaman”, — deydi diyetolog.

Aslida erkaklar va ayollar hamda bolalarda semizlik paydo bo‘lishiga qaysi omillar sabab bo‘ladi? Shuningdek, ozdiruvchi preparatlarning organizmga qanday ta’siri bor?

Shu kabi savollarga aniq javob olish uchun “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qiling.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »