Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iordaniya qirollik juftligi har doim baxtli va xotirjam ko‘rinadi. Aftidan, qirol Abdulla II o‘zining go‘zal Raniyasini yangi turmush qurgan paytidek sevadi — garchi ularning farzandlari ulg‘aygan, hatto o‘z oilalariga ega bo‘lgan bo‘lsa ham. Ammo Abdullaning o‘tmishi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lsangiz, u nima uchun xotini va merosxo‘rlari bilan tinch va mehribon munosabatlarini qadrlashi aniq bo‘ladi.

Foto: East News

2023-yil mart oyida Raniya va Abdullaning to‘ng‘ich qizi 26 yoshli malika Imon moliyachi Jamil Aleksandr Termiotisga turmushga chiqdi. 1-iyun kuni esa 28 yoshli valiahd shahzoda Husayn o‘zining sevgilisi, multimillioner va aristokratning qizi Rajva as-Saifga uylandi.

52 yoshli qirolicha Raniya va 61 yoshli qirol Abdulla xursandchiliklarini yashirishmadi: ular farzandlarining tanlovini to‘liq ma’qullashdi. Ikkala dabdabali to‘yda dunyo elitasi vakillari qatnashdi, kelinlarning liboslari mavsum tendensiyalarini belgilab berdi.

Lekin har doim ham Iordaniya hukmdorlarining saroyida baxtli samimiy kulgi yangramaydi. Bu oilaning tarixi bir qator fojiali zarbalar bilan ajralib turadi — ulardan ba’zilari haqida ma’lumot beramiz.

Suiqasd, shizofreniya va Hoshimiylar qirolligi taxti

1951-yil 20-iyulda 69 yoshli qirol Abdulla I Quddusdagi Al-Aqso masjidi zinasida o‘ldiriladi. U Saudiya Arabistonidan haydalgan va diniy aqidaparast bo‘lgan 21 yoshli mahalliy tikuvchi tomonidan otib o‘ldirilgan otasining qabriga 15 yoshli nabirasi Husayn va tansoqchilari hamrohligida namoz o‘qish uchun kelgandi.

Abdulloh I Quddusga Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishish uchun keladi. Bu qarorning ko‘plab raqiblari bor edi va natijada Iordaniya qiroli otib o‘ldiriladi. Bundan tashqari, suiqasddan so‘ng soqchilar himoya uchun o‘t ochganda 22 nafar begunoh odam halok bo‘ladi.

Yosh Husayn mo‘jizaviy tarzda omon qoladi — o‘q uning medaliga tegadi.

Abdulla I (o‘ngda) Yaqin Sharqdagi cheksiz to‘qnashuvlarga barham berishga harakat qiladi.
Foto: East News

Iordaniya qiroli Abdulla I vafotidan so‘ng, uning 43 yoshli o‘g‘li Talal davlat rahbari bo‘ladi. Ammo uning hukmronligi uzoqqa bormaydi. 11 oydan keyin Talal taxtdan voz kechadi.

Shahzoda Talal Iordaniya hukmdori bo‘lishni xohlamaydi, hatto bir yil ham taxtda o‘tirmaydi.
Foto: East News

Sababi juda achinarli edi: qirol shizofreniya bilan og‘rigan, asabiylashish esa kasallikni yanada kuchaytirgan. 1952-yil avgust oyida parlament Talalning iste’fosini talab qiladi va uning o‘rniga uning 16 yoshli o‘g‘li Husayn keladi. Talal yana 20 yil yashaydi va Istanbuldagi ruhiy kasallar sanatoriysida vafot etadi.

Qirol Husaynning buyuk sevgisi

Kelishgan va o‘qimishli Husayn I haqiqiy sevgini uchinchi marta — aristokrat Aliya Bahoudin Tukanga uylanganida biladi. Er-xotinning bir o‘g‘li va bir qizi (isyonkor malika Xaya bintu al Husayn, shafqatsiz Shayx Maktumning qochib ketgan sobiq xotini) bor edi; ular shahzoda va malika bilan saroyda o‘sgan falastinlik yetim qiz Abirni ham asrab olishadi. Aliyani hamma yaxshi ko‘rardi, shu jumladan, erining oldingi turmushdagi farzandlari ham. Aytgancha, bo‘lajak qirol Abdulla II Husaynning ingliz ayol Antuanetta Avril Gardiner bilan bo‘lgan ikkinchi nikohidan tug‘ilgan.

Aliya Husaynning uchinchi xotini bo‘lib, turmushga chiqadi va abadiy uning asosiy sevgisi bo‘lib qoladi.
Foto: East News

Avvaliga hammasi ajoyib edi, lekin bu buyuk sevgini katta fojia kutayotganini hech kim bilmasdi. To‘ydan 5 yil o‘tib, 28 yoshli Aliya Ammonda aviahalokatda vafot etadi.

1983-yilda yangi Ammon aeroportiga uning nomi beriladi. Husayn keyinchalik to‘rtinchi marta amerikalik Liza Najib Xalabiyga uylanib, yana to‘rt marta ota bo‘lgan bo‘lsa-da, bu yo‘qotishdan o‘ziga kelolmaydi.

Abdullaxon II va uning o‘gay ukasi o‘rtasidagi keskin ziddiyat

Qirolicha Nur nomi bilan ham tanilgan Liza Najib Halabiyning o‘g‘li Hamza o‘gay akasi bilan yaxshi munosabatda edi. 1999-yilda Abdulla II Iordaniya podshohi bo‘lgach, otasi Husaynning iltimosiga ko‘ra Hamzani merosxo‘r etib tayinlaydi.

Biroq Hamza davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi ekani ma’lum bo‘lgach, 2004-yilda bu qaror bekor qilinadi.

Abdulloh II ning o‘gay ukasi shahzoda Hamza davlat to‘ntarishi uyushtirishga harakat qiladi.
Foto: East News

Shunga qaramay, Abdulla II o‘gay ukasini uzoq yillar davomida davlat imtiyozlaridan cheklamaydi va munosabatlarni yaxshilashga harakat qilishni to‘xtatmaydi. Ammo mojaroning ildizi juda chuqur edi: 2022-yilda 42 yoshli Hamza “uning shaxsiy qadriyatlari Iordaniya qirollik oilasining qadriyatlariga to‘g‘ri kelmagani uchun” barcha unvonlardan voz kechishga tayyorligini e’lon qiladi.

Abdulla II bunday yomon munosabatda aytilgan gapdan jahli chiqib, Hamzani haqiqatan uy qamog‘iga o‘tkazib, mamlakatdan chiqib ketishini man etadi. “O‘zini bir vaqtning o‘zida qahramon va qurbon deb biladigan odam bilan muomala qilish qiyin, — deb tushuntiradi qirol xalqqa yo‘llagan maktubida. — Biz Hamzaga farovon hayot uchun kerak bo‘lgan hamma narsani beramiz, lekin u bir vaqtlar millatni, uning qonunlarini va oilasini haqorat qilish yoki Iordaniya barqarorligiga putur yetkazish uchun suiiste'mol qilgan mavqeyiga ega bo‘lmaydi”.

Hozirda uning katta o‘g‘li Husayn Abdulla II ning rasmiy vorisi etib tayinlangan. Va qirol o‘z fikrini o‘zgartirishi dargumon.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »