Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qozog‘istonning Jambil viloyatida odamlar orasida kuydirgining laboratoriya tomonidan tasdiqlangan to‘rtta holati aniqlandi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Kasallikning uchta holati Talas tumani Tamdi qishlog‘ida, bitta holati esa Jualinskiy tumani Koltogan qishlog‘ida kuzatilgan.

“Epidemiologik anamnezda uchta holatda bemor xo‘jalik hayvonlari bilan aloqada bo‘lgani ko‘rsatilgan: bemorlar veterinariya ko‘rigidan o‘tmasdan chorva mollarini so‘yishda qatnashgan, infeksiya omili esa kasal qoramol go‘shti bo‘lgan. Kasallikning yana bir holatidagi infeksion manba esa aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

Sibir yarasi uy hayvonlari, jumladan, echki, qoramol, qo‘y va otlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan og‘ir yuqumli kasallikdir. Odamlarda kuydirgi kamdan kam uchrasa-da, u kasal hayvonlar va ularning teri, go‘shti kabi mahsulotlari bilan aloqa qilish orqali yuqadi. Hozirgi vaqtda olib borilayotgan profilaktika tufayli, ayniqsa, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida infeksiyaning tarqalishi sezilarli darajada kamaygan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »