Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Federal prokurorlar AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga maxfiy hujjatlar bilan ishlash qoidalarini buzganlik ishi bo‘yicha ayblov xulosasini eʼlon qildi.

Foto: Getty Images

49 sahifalik xulosada Trampga 37 ta band bo‘yicha ayblov eʼlon qilingan. Unda aytilishicha, Tramp Oq uyni tark etayotgan vaqtda maxfiy hujjatlar solingan o‘nlab qutilarni o‘zi bilan olib ketgan va ularni Palm-Bichdagi (Florida shtati) Mar-a-Lago qarorgohida saqlagan.

Tramp maxfiy hujjatlar solingan qutilarini uyining turli joylarda, jumladan, bal o‘tkaziladigan zal, yuvinish xonasi va dush, hojatxona, yordamchisining xonasi, yotoqxona va oshxonada saqlagan. AQSH Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan fotosuratlardan birida hojatxonaga maxfiy hujjatlar qutilari terib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Foto: U.S. Justice Department
Foto: U.S. Justice Department
Foto: U.S. Justice Department
Foto: U.S. Justice Department

Ushbu hujjatlar orasida AQSH va boshqa mamlakatlarning mudofaa qobiliyati, yadro qurollari holati haqidagi hisobotlar, razvedka brifinglari, tahliliy materiallar va boshqa hujjatlar bor.

Ayblovlar milliy mudofaa bo‘yicha maxfiy hujjatlarni qasddan noto‘g‘ri saqlash bo‘yicha 31 ta holat, jumladan, adolatga to‘sqinlik qilish uchun fitna uyushtirish, hujjatlarni korrupsiya maqsadida yashirish, federal tergov paytida yashirish, yolg‘on bayonotlar berish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Trampning yordamchisi Uolt Nauta ham maxfiy hujjatlarga oid oltita jinoiy ish bo‘yicha ayblangan.

Josuslik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, Trampga maksimal 20 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin, deya aniqlik kiritdi CNBC.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »