Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik qandolat mahsulotlari va pishiriqlarda margarin-u, transyog‘lardan voz kechib, ular orasida sariyog‘ga o‘xshash mahsulotlarni foydali deb bilishadi. Aslida, pishirish jarayonida sariyog‘ning foydasi yo‘qolib ketadi, deb yozmoqda The Voice Mag nashri.

Foto: The Voice Mag

Sariyog‘ni panatseya deb hisoblashga odatlanganmiz va pishirilgan mahsulotlarning yoqimsiz ta’mi yoki tuzilishi uchun uning tarkibidagi margarin aybdor sanalgan.

Darhaqiqat, sariyog‘ bilan tayyorlangan pechenye, bulochka va boshqa mazali mahsulotlar organizm uchun xavfsizroq emas. Faqatgina shakar va kaloriyalarning yuqori miqdori yagona zararli omil hisoblanmaydi. Sariyog‘da ko‘p miqdorda to‘yingan yog‘ kislotalari mavjud bo‘lib, ular qonda xolesterin darajasining ortishiga sabab bo‘ladi va yurak xastaligi xavfini oshiradi.

Bundan tashqari, yana bir muhim nyuans bor: sariyog‘dan foydalanish haroratining chegarasi 120 °C, xamir ovqatlar esa t~180–200 °C da tayyorlanadi. Bu haroratda yog‘ kanserogenga aylana boshlaydi.

Biroq bu sariyog‘ qo‘shib tayyorlangan pishiriqlarni diyetadan butunlay chiqarib tashlash kerak, degani emas. Albatta, sovuq holda iste’mol qilingan sariyog‘ foydalidir: uning tarkibida organizm salomatligi uchun muhim bo‘lgan A, D, E va K vitaminlari mavjud. Ammo buning siri — mahsulotni me’yor bilan tanovul qilishdir. Hech kim haftaning so‘ngida tongni hozirgina pechdan chiqqan mazali kruasan bilan boshlashni taqiqlamaydi. Aksincha, har kuni ertalab bu odat tusiga kirmasligi muhimdir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »