Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident tomonidan 12-iyun kuni imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog‘istonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha:

  • foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
  • ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha, YATTlar esa yiliga BHMning bir baravari (330 ming so‘m) miqdorida to‘laydi.

Yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar bundan mustasno.

Agar soliq to‘lovchi mazkur imtiyozlar bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida boshqa asoslar bo‘yicha soliq imtiyozlariga doir huquqqa ega bo‘lsa, bunday soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra eng qulay soliq imtiyozini tanlashga haqli bo‘ladi. Ilgari bunday imtiyoz mavjud emas edi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi nodavlat taʼlim tashkilotlarining o‘quv jarayoniga jalb etiladigan chet el mutaxassislari (o‘qituvchilari) 2027-yil 1-oktabrgacha Konsullik yig‘imini hamda Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirdi.

O‘zbekistonda Yakka tartibdagi tadbirkor(YaTT)lar qanday tartibda soliq to‘laydi?

I. Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi.

II. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi.

III. Bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, joylashgan joyi va faoliyat turidan kelib chiqib, Toshkent shahridagi tadbirkorlar uchun alohida, viloyat markazidagi tadbirkorlar uchun alohida va chekka hududlardagi tadbirkorlar uchun alohida qat'iy belgilangan soliq stavkasi belgilangan.

YaTTlar uchun qanday imtiyozlar berilgan?

Mutaxassisning xabar berishicha, YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.

Agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya'ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan.

YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash imkoniyatiga egaligi, ya'ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, 2021-yildan boshlab kiritilgan o‘zgarishlarga asosan yakka tartibdagi tadbirkordan soliq agenti sifatida yollangan xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (daromadning 12 foizi miqdorida) undiriladi.

Ma'lumot uchun, hozirda YaTT yuzga yaqin faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin. 2011-yil 6-yanvar kunidagi Vazirlar Mahkamasining qarorida yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »