Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik Trast jamg‘armasi faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Marosimda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Sarvar Hamidov, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaruvchi Konsuelo Vidal ishtirok etdi.

Hujjatda Germaniya hukumatining Orolbo‘yi bo‘yicha Trast jamg‘armasiga 700 ming dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Mablag‘lar murakkab ekologik vaziyatning mintaqa aholisiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan manzilli qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga yo‘naltiriladi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Ma’lumot uchun, jami Trast jamg‘armasining ustuvor yo‘nalishlari doirasida Qoraqalpog‘istonning Beruniy, Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari hamda Nukus shahrida 7 ta loyiha amalga oshirilib, 16 million dollardan ortiq mablag‘ jalb etilgan.

Shu jumladan:

  • 5 ta chekka qishloqning 11 ming nafar aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan, 17 ta aholi punktida 8 ming 922 nafar qishloq aholisi barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi;
  • 13 ta xususiy korxona va 3 ta qishloq xo‘jaligi kooperativi tashkil etilgan;
  • o‘rmon xo‘jaligida ko‘chat yetishtirish 2200 gektardan 5000 gektarga, ko‘chat yetishtirish 8 tonnadan 65 tonnaga ko‘paytirilgan;
  • AKT uskunalari o‘rnatilishi va bepul Wi-Fi zonalari yaratilishi tufayli 64 ming nafar qishloq aholisi internet va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan:
  • 3 ta perinatal markaz modernizatsiya qilingan, 20 ming nafar ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilangan;
  • 40 ming nafar bola va o‘smir degelmintizatsiyadan o‘tkazilgan, 131 ming nafar qiz bolada kamqonlikka qarshi profilaktika choralari ko‘rilgan;
  • Qoraqalpog‘istonda faoliyat ko‘rsatayotgan 31 ta tibbiyot muassasasi laboratoriya jihozlari va telekommunikatsiya vositalari bilan ta’minlangan;
  • 730 nafar tibbiyot xodimi qayta tayyorlangan, 1500 oila sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha kurslarda malaka oshirgan.

“Germaniya hukumati bilan kelishuv imzolanishi xalqaro hamjamiyatning Orol dengizi inqirozidan jabr ko‘rgan odamlarning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha umumiy sa‘y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi”, — deyiladi xabarda.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »