Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya va Ukraina urushning dastlabki kunlarida bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralari chog‘ida Qrimni ijaraga berish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi edi. Bu haqda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: Reuters

Lukashenkoga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomaning tegishli loyihasini ko‘rsatgan.

“Putin menga delegatsiyalar tomonidan paraflangan hujjatni berdi. Qrim bo‘yicha uzoq muddatli ijara. Normal shartnoma. Agar hozir bu amalga oshganida edi, lekin iloji yo‘q. Hozirda u allaqachon konstitutsiyaga ko‘ra Rossiya hududi”, — dedi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jarayon yaxshi o‘tgan, shartnomani davlat rahbarlari imzolashi mumkin edi.

Siyosatchi, shuningdek, jurnalistlarga uning 18 yoshli o‘g‘li Nikolay Ukraina prezidenti  bilan telefon suhbatini tashkil etishga yordam berganini aytdi. Uzoq suhbatdan so‘ng Zelenskiy Belarusda Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib borishga rozi bo‘lgani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »