Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, Ukraina qarshi hujumning dastlabki kunlarida o‘z Qurolli kuchlari ko‘rgan yo‘qotishlardan ommaning e’tiborini chalg‘itish maqsadida Kaxovka GESni portlatgan. Belarus rahbarining so‘zlaridan “Belta” iqtibos keltirdi.

Foto: AP Photo
Kaxovka GESni kim portlatganini o‘zingiz ham taxmin qilayotgandirsiz. O‘g‘rining shapkasi yonadi, degan gap bor. Bu haqda birinchi bo‘lib kim dod soldi? Shunisi ayonki, Ukraina tomoni deyarli ikki yuzta zirhli texnikasi yo‘q qilingan va ikki mingdan ortiq odami halok bo‘lgan uch kunlik “qarshi hujum”ni yashirishga majbur edi, — dedi Lukashenko Kollektiv xavfsizlik shartnomasi davlatlarining Xavfsizlik kengashi kotiblari yig‘ilishida. 

Lukashenko Ukraina armiyasining yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotni qayerdan olganiga izoh bermadi.

Belarus prezidenti, shuningdek, to‘g‘on buzilishi bo‘yicha AQSHning “aniq, ehtiyotkor” pozitsiyasi haqida gapirdi.

Ularga tan berishim kerak. Ular darhol: “Buni kim qilganini hozircha ayta olmaymiz. Biz buni aniqlab olishimiz kerak”, deb chiqishdi. Bu nimani anglatishini o‘ylab ko‘ring, —  qo‘shimcha qildi Lukashenko.

6-iyun kuni ertalab Kaxovka GESning to‘g‘oni buzildi. Rossiya bunga Ukrainaning o‘qqa tutishlari sabab bo‘lganini da’vo qilmoqda. Kiyev Rossiya harbiylari to‘g‘onni portlatganini aytmoqda. Bundan tashqari, Kaxovka suv omboridagi avvalgi vayronagarchiliklar va suv sathining ko‘tarilishi tufayli to‘g‘on o‘z-o‘zidan qulagan bo‘lishi mumkinligi haqida ham taxminlar bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »