Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Depressiyaning belgilarini aniq ajratib olsa bo‘ladi: sizga yoqqan narsaga qiziqishning yo‘qolishi, ishtahaning oshishi yoki yo‘qligi, kayfiyatning o‘zgarishi — bularning barchasi odatiy hol emas. Ammo ba’zi belgilar yashirin bo‘lib qoladi, ularni tanib olish qiyin. Misol uchun to‘liq tushkunlikka tushsangiz ham to‘xtamasdan tabassum qilgan holda ishga borasiz va oila a’zolaringiz bilan muloqot qilasiz. Va bu turdagi buzilish tabassumli depressiya deb ataladi. Tabassum depressiyasi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan muhim ma’lumotlar bor.

Foto: “Yandex”

 

Bu qanday sodir bo‘ladi?

Bunday ruhiy tushkunlik bilan og‘rigan odamlar ertalab turishadi, kiyinadilar, ishga boradilar, boshqalar bilan muloqot qiladilar — o‘zlarining holatini hech kimga ko‘rsatmaydilar. Aslida, bu yuqori funksional depressiya yoki doimiy depressiv buzilishning boshqacha atalishidr.

Tabassumli depressiyaning nomi qulayroqdir, chunki u odamlarga depressiya faqat devorga qarab divanda yotish emasligini ko‘rsatadi va ba’zida muhitingizdagi eng optimistik odam aslida mutaxassislarning yordamiga muhtoj bo‘lishi mumkin. Agar siz buni hatto, o‘zingizdan ham yashirsangiz, siz qachondir kasallikka juda chuqur berilib ketishingiz ehtimoldan holi emas.

Tabassumli depressiyani qanday tanib olish mumkin?

Universal javob yo‘q. Turli alomatlarga e’tibor berish kerak.

  • Kunning oxiriga kelib hech qanday sababsiz o‘zingizni haddan tashqari charchagan his qilsangiz, bu oddiy charchoq bo‘lmasligi mumkin.
  • Siz uchun ertalab turish va hamkasblar bilan tushlik qilishga rozi bo‘lish qiyinlashdi, garchi siz avval buni yaxshi ko‘rgan bo‘lsangiz ham.
  • Qanday bo‘lmasin hamma narsani uddalaysiz, lekin diqqatingizni yo‘qotasiz va kechqurun to‘shakka charchagan holda yetib borasiz.
  • O‘zingizga kamroq g‘amxo‘rlik qilasiz, chunki kuchlar asosiy funksiyalarni saqlash uchun sarflanadi.
  • Kuchsizlik sababli ko‘pincha salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirasiz, dangasa bo‘lib qolasiz.

Bu holda nima qilish kerak?

Agar 2-3 hafta davomida har kuni shunga o‘xshash alomatlar kuzatilsa, mutaxassislardan yordam so‘rash vaqti keldi. Terapiya, dori-darmonlar, turmush tarzini o‘zgartirish, bordi-yu o‘zgarishlar qilishga qaror qilsangiz, bu yordam berishi mumkin. Masalan, sport zaliga qaytasiz, zararli oziq-ovqatlarni yeyishni to‘xtatasiz, ko‘proq uxlaysiz. Vaqt o‘tishi bilan o‘zingizni yaxshi his qilasiz va tabassum endi sizning ichki holatingizni yashirmaydi, balki uni avvalgidek aks ettira boshlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »