Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har bir insonning o‘ziga xos kunlik kaloriya miqdori bor. Bu jins, yosh, bo‘y, vazn, faollik va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq. Ammo o‘rtacha hisobda ayollarga kuniga 1600-1800 kaloriya iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Foto: “Yandex”

Albatta, vaqti-vaqti bilan har bir kishi me’yordan ortiqcha ovqatlanadigan kunlar bo‘ladi. Tibbiy tadqiqotlarga ko‘ra, bunday buzilishlar o‘zlarining bioritmlariga rioya qilmaydigan va yetarlicha uxlamaydigan odamlarda ko‘proq uchraydi.

To‘g‘ri, soat 23:00 dan oldin yotish va 7-8 soatlik dam olish haqidagi tavsiyalarga amal qilish juda qiyin. Ayniqsa, sevimli serialning yangi epizodi chiqqanda yoki ijtimoiy tarmoqlardagi cheksiz tasmani aylanib chiqishdan chalg‘ish ham oson emas.

Shunga qaramay, uyqu paytida organizm ochlik hissi uchun javob beradigan leptin gormonini ishlab chiqarishini unutmasligimiz kerak. Biz yetarlicha uxlamaganimizda, leptin sintezi pasayadi. Ammo “ishtaha gormoni” grelin sintezi kuchayadi! Aynan shu hodisa uyqusiz tundan keyin ovqatga bo‘lgan ishtiyoqning kuchayishini anglatadi.

Iloji boricha tezroq o‘ringa yotish uchun ko‘proq motivatsiya xohlaysizmi? Unda bu raqamlarni eslab qoling! Uyqusiz tun davomida organizm uyqudagi vaqtga qaraganda 160 kkal ko‘proq sarflaydi. Biroq ertasi kuni uyg‘oq bo‘lganingizda bir lahzada ushbu qo‘shimcha zaxirani darhol sarflab yuborasiz. Zero, tadqiqot jarayonida aniqlanganidek 4 soatlik uyqu rejimiga ham muntazam, ham davriy rioya qilish insonning ishtahani kuniga taxminan 900 kkalga oshiradi. Bir tasavvur qiling-a, agar siz tun bo‘yi uxlamasangiz, qancha ovqat yeyishingiz mumkin? Yoki muntazam ravishda uyqusizlikdan aziyat cheksangiz-chi? Shuning uchun uyqu muammolari ortiqcha vaznning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »