Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hech narsa qilmasdan kuniga 500 kaloriya sarflashning iloji borligini bilarmidingiz? Hammasi oddiy: uxlashni boshlang! Agar kechasi ham vazn yo‘qolishini istasangiz, ushbu bir necha oson qoidalarni sinab ko‘ring, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Foto: “Noviy ochag”

 

Yotoqxonani salqin saqlang

Yotoqxona qanchalik salqin bo‘lsa, organizm optimal tana haroratini saqlashga shunchalik ko‘p energiya sarflaydi va biz ko‘proq kaloriya yo‘qotamiz. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, salqin xonada uxlash metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi va kun davomida ham ortiqcha vaznni yo‘qotishda davom etamiz. Optimal harorat necha gradus bo‘lishi mumkin? +19 darajadan yuqori emas.

Kechasi yeyilgan ozgina protein zarar qilmaydi

Kechasi ovqatlanish zararmi? Ehtimol, ha. Ayniqsa, uglevodlar yoki shakarga boy bo‘lgan samimiy kechki ovqat haqida gap ketganda. Ammo 30 gramm protein yotishdan yarim soat oldin iste’mol qilingan kichik gazak (masalan, ozgina tvorog) metabolizmni kuchaytiradi. Eng muhimi, och qolishimizga yo‘l qo‘ymaydi va muzlatgichdagi “tungi reydlardan” qutqaradi. Shuning uchun o‘zingizni bu quvonchdan mahrum qilmang.

Kechki taom yengil bo‘lsin

Agar siz kechki ovqat vaqtida juda ko‘p taom iste’mol qilsangiz, uyqu paytida organizm ortiqcha yog‘ni sarflash o‘rniga metabolizm bilan band bo‘ladi. Bundan tashqari, mo‘l-ko‘l va kechki ziyofatdan so‘ng majburiy ravishda ishlab chiqariladigan insulin gormoni sog‘liqqa ham, qomatga ham foyda keltirmaydi. Kechki ovqat ertaroq (uxlashdan ikki-uch soat oldin) va yengil bo‘lishi kerak.

Yotoqxonada gadjetlar va smartfonlarga joy yo‘q

Cheklov qo‘ying va unga qat’iy rioya qiling: yotoqxonada Internet bo‘lmasin. Ijtimoiy tarmoqlardagi yangilanishlarni muntazam tekshiradiganlar yoki yotishdan oldin ishlaydiganlar uyqusi yomonlashib boradi. Sirkad ritmlarimizni tartibga soluvchi va metabolizm tezligi uchun ham javobgar bo‘lgan muhim gormon melatonin muvozanati buziladi. Yotishdan oldin biroz dam olishni xohlaysizmi? Kitob o‘qing!

Uyqu vaqtida xona qorong‘i bo‘lsin

Agar juda qalin pardalar sotib olishni xohlamasangiz, hech bo‘lmaganda uyqu vaqtida taqiladigan maxsus niqob sotib oling. Hatto, zaif yorug‘lik manbai ham yetarli miqdorda melatonin ishlab chiqarishga xalaqit berishi mumkin. Oxir-oqibat bu ortiqcha yog‘ hosil bo‘lishiga olib keladi. Kechki vaqtda qorong‘ilik eng yaxshi hamrohdir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »