Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatiladi. Bu haqda prezidentning 12-iyun kuni imzolangan tegishli farmonida belgilandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Farmonga ko‘ra, “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. Dasturda tadbirkorlar “hamkorlik shartnomalari” (3 yilgacha muddatga tuziladi) asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi. Bunday shartnomalarni tuzgan tadbirkorlarga dasturda ishtirok etayotganini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Dasturda kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlar – yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. 2023–2024-yillarda dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.

Kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan banklar tomonidan kreditlar dasturga kiritilgan tadbirkorlarning loyihalarini (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar bundan mustasno) amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada ro‘yxatga muvofiq miqdorlarda ajratiladi.

Dastur doirasida tadbirkorlarga bir qator imtiyoz va preferensiyalar beriladi.

Xususan, tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvargacha:

  • tadbirkorlar ushbu fuqarolarga kamida 1 yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, bandligini ta’minlagan va ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi;
  • fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 baravarigacha) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

Barcha soliqlar (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona to‘lovlarini ta’minotsiz va foizsiz 1 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi. Barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).

Davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari va yerga bo‘lgan huquqlar auksion orqali sotib olinganda, to‘lovlarni 5 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

Bojxona nazoratini amalga oshirishda “yashil yo‘lak” qoidalari amal qiladi.

Farmonga ko‘ra, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi tajriba tariqasida ishga tushiriladi (birinchi bosqichda 2023/2024-o‘quv yilida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3–4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi).

Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilar oldiga yil yakuniga qadar ushbu yangi tizim asosida 550 ming aholini o‘qitib, kambag‘allikdan chiqarish choralarini ko‘rish vazifasini qo‘ygandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »