Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye viloyati janubidagi Pyatixatki qishlog‘ini ozod qilgani haqida xabar berdi.

Foto: Facebook

Malyarning Telegram kanalidagi postda aytilishicha, ikki haftalik hujumlar natijasida 19-iyun kuni ertalabgi holatga ko‘ra, sakkizta aholi punkti ozod qilindi: Novodarovka, Levadnoye, Storojevoye, Makarovka, Blagodatnoye, Lobkovoye, Neskuchnoye va Pyatixatki.

Zaporojye viloyatining anneksiya qilingan qismi maʼmuriyatining Rossiya tomonidan tayinlangan vakili Vladimir Rogov ham Pyatixatki Ukraina Qurolli kuchlari nazoratiga o‘tganini maʼlum qilgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukraina qo‘shinlarining Pyatixatkiga hujumi qaytarilganini da’vo qildi.

Malyar o‘z postida so‘nggi ikki hafta ichida ukrainalik harbiylar janubga yetti kilometr ilgarilab, 113 kvadrat kilometr hududni qaytarib olganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina qo‘shinlari frontda Rossiya armiyasining qattiq qarshiligiga duch kelayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat “umuman olganda ijobiy, ammo juda og‘ir”.

Ukraina prezidenti yana bir bor G‘arb ittifoqchilarini harbiy yordam ko‘rsatish, xususan, samolyotlar yetkazib berish va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashni kechiktirmaslikka chaqirdi.

  • Ukraina frontda qarshi hujum boshlanganini rasman e’lon qilmagan. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi 4-iyun kuni boshlanganini da’vo qilmoqda. 9-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin hujum paytida Ukraina Qurolli kuchlari frontning birorta sektorida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olmaganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »