Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zi mashhurlar, nima bo‘lishidan qat’i nazar, taslim bo‘lmaslik va maqsad sari borish qanchalik muhimligini o‘rnak sifatida ko‘rsatib beradi. Agar quyidagi aktyorlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan birinchi filmidan so‘ng taslim bo‘lib, karyerasinini to‘xtatib qo‘yganda, hozir ularning ko‘pini tanimagan bo‘lardik.

Bred Pitt  — “Quyoshning qorong‘i tomoni”, 1988-yil

Foto: AdMe

Bred Pitt kinodagi ilk rolini “Quyoshning qorong‘i tomoni” filmida o‘ynagan, bu kamdan-kam uchraydigan teri kasalligi bilan og‘rigan va yorug‘likka alergiyasi bo‘lgan yigit haqidagi unchalik mashhur bo‘lmagan kartina edi. Film hatto katta ekranlarda ham namoyish etilmagan, lekin film tayyor bo‘lgandan deyarli o‘n yil o‘tgach, to‘g‘ridan to‘g‘ri videotasmaga chiqarilgan. Aktyorning o‘zi esa bosh roli uchun atigi 1523 dollar gonorar olgan.

Xelli Berri — “Tirik qo‘g‘irchoqlar”, 1989-yil

Foto: AdMe

Bu qisqa muddatli teleshou “Bu yerda kim xo‘jayin?” serialining spin-ofi bo‘lgan va Xelli Berrining birinchi ekrandagi roli edi. Afsuski, serial nihoyatda omadsiz bo‘ladi, People jurnalidan juda past baho olgach, loyiha darhol to‘xtatiladi.

Skarlett Yoxansson — “Nort”, 1994-yil

Foto: AdMe

Skarlettning filmdagi debyutini shunchaki muvaffaqiyatsiz deb bo‘lmaydi — uning birinchi filmi ko‘plab tanqidchilar tomonidan barcha davrlarning eng yomon filmlaridan biri sifatida tan olingan. 1994-yilda chiqarilgan “Nort” filmi 40 million dollarlik budjet bilan atigi 13 million dollar ishlab oldi. Film omadsiz chiqqaniga qaramay, Yoxansson intervyularining birida o‘sha film u uchun “sehrli tajriba” bo‘lganini aytadi.

Maykl Jey Foks — “Yarim tundagi jinnilik”, 1980-yil

Foto: AdMe

“Kelajakka qaytib” yulduzi Disney filmida o‘smirlar jamoasi bilan birga tunda shahar bo‘ylab jumboqlarni yechish haqidagi filmda debyut qiladi. Afsuski, bu film katta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va taniqli kino tanqidchisi bu filmni juda yomon deb ta'rifladi.

Emi Adams — “Qotil go‘zallar”, 1999-yil

Foto: AdMe

Film kult filmga aylanganiga qaramay, u ekranlarga chiqqandan so‘ng kassada omadsizlikka uchraydi. Tanqidchilar ham salbiy baho qo‘yishadi.

Uma Turman — “Xayrli tun, dadajon”, 1987-yil

Foto: AdMe

Uma bu filmda yigitlar bilan uchrashib, keyin ularni talon-toroj qiladigan ayol rolini o‘ynaydi. Ammo uni ta'qib qilish boshlangach, hammasi ostin-ustun bo‘ladi. Filmning eng ijobiy sharhlaridan biri uni “juda dahshatli” deb atashganidir.

Jeyson Beytman — “Bo‘ri bolasi-2”, 1987-yil

Foto: AdMe

Jeyson Beytman uni bo‘riga aylantiruvchi oilaviy genni meros qilib olgan kollejning birinchi kurs talabasi haqidagi filmda birinchi rolini o‘ynaydi. Tanqidchilar yangi aktyorni ayab o‘tirishmaydi, chunki u otasi prodyuser bo‘lgani uchun rolga taklif qilingandi. “U shu qadar qobiliyatsizki, kinosinovdan o‘tganini hazil deyish mumkin”, ­— deb yozadi jurnalistlardan biri.

Jennifer Lourens — “Detektiv Monk”, 2006-yil

Foto: AdMe

Jennifer Lourens 2006-yilda film kastingidan o‘tganida bu haqda oilasiga g‘urur bilan gapirib beradi. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Jennifer u kutgan rolga olinmagan va u epizodik rolni o‘ynashi kerak edi. Ekran vaqtining ko‘p qismini aktrisa sport jamoasining tumori — sher kostyumida o‘tkazadi va bir necha soniya niqobsiz ko‘rinadi xolos. “Hayot-mamot o‘yinlari” filmi yulduzi hali ham bu rolidan uyaladi.

Anjelina Joli — “Kiborg 2: Shisha soya”, 1993-yil

Foto: AdMe

Anjelina Joli ekrandagi debyutini “Kiborg-2” ilmiy-fantastik filmida boshlagan. Umuman olganda, film juda yomon chiqadi. Keyinchalik Anjelina mazkur filmni birinchi ko‘rganidan keyin “o‘zini yomon his qilganini” aytadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »