Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy o‘ziga nisbatan “ekstremizm” ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi o‘tkazilgan kuni “urushga va Putinga qarshi” kampaniya boshlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda muxolifatchi ijtimoiy tarmoqlarida yozdi.

Foto: “Kommersant”

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uning tarafdorlari xalqni urushga va u bilan bog‘liq barcha narsaga qarshi qo‘yish uchun “uzoq, mashaqqatli, ammo prinsipial muhim kampaniya” olib borishni rejalashtirmoqda.

Muxolifatchi potensial katta auditoriyaga umid qilmoqda. “Har beshinchi kishining qarindoshlari yoki do‘stlari bu urushda halok bo‘lgan. Bu raqamlar, afsuski, yanada ko‘payib, jamoatchilik ongini o‘zgartiradi”, — deydi u. “Bunga uyga qaytgan o‘n minglab yaradorlar va nogironlar, hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan yuz minglab safarbar qilinganlar qo‘shiladi”.

Navalniy oldinda qilinadigan ishlar ko‘pligini, “qiyin vazifani bajarishga tayyor ko‘ngilli targ‘ibotchilarni” yollashini e’lon qildi.

Ekstremizm ishi yakunida Aleksey Navalniy 30 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. 26-aprel kuni Basmanniy sudida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi, unda Aleksey Navalniyga ekstremizm bo‘yicha jinoiy ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun 10 kun vaqt berishga qaror qilingan. Sud tergov sirini ro‘kach qilib, tinglovchilar va matbuot uchun yig‘ilishni yopib qo‘ygan. Navalniy va uning himoyachisi aytishicha, jinoiy ish 196 banddan iborat.

  • Aleksey Navalniy 2021-yildan beri Vladimir viloyatidagi 6-sonli axloq tuzatish koloniyasida jazo o‘tamoqda. 2022-yilning mart oyida u firibgarlik va sudga hurmatsizlik qilganlikda ayblanib, yana to‘qqiz yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan.
  • 2022-yil oktabr oyida siyosatchi o‘ziga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Rossiya Tergov qo‘mitasi uni terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qilish, ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish va natsizmni reabilitatsiya qilishda aybladi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »