Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aleksey Navalniyning aytishicha, ekstremizm bo‘yicha jinoiy ish doirasida unga qarshi alohida “terrorchilik ishi” qo‘zg‘atilgan va bu ishda hukmni harbiy sud chiqaradi.

“Ular menga 30 yillik qamoq jazosini nazarda tutadigan bema’ni ayblovlarni qo‘yishdi. Tergovchi Vidyukov kecha bu ishdan terrorchilik ishi alohida ajratib olinganini aytdi, men qamoqda o‘tirib teraktlar sodir etayotgan ekanman. Bu ish bo‘yicha meni harbiy sud alohida sud qiladi”, — dedi siyosatchi Moskvaning Basmanniy sudida videoaloqa orqali gapirar ekan. “Bu ishda meni 30 yil kutmoqda, balki keyingi ishda umrbod qamoq jazosini berishar”.

Navalniyning so‘zlaridan uning safdoshlari, shuningdek, “TASS” agentligi iqtibos keltirdi.

26-aprel kuni Basmanniy sudida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, unda Aleksey Navalniyga ekstremizm bo‘yicha jinoiy ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun 10 kun vaqt berishga qaror qilindi. Sud tergov sirini ro‘kach qilib, tinglovchilar va matbuot uchun yig‘ilishni yopib qo‘ygan. Navalniy va uning himoyachisi aytishicha, jinoiy ish 196 banddan iborat.

Aleksey Navalniy 2021-yildan beri Vladimir viloyatidagi 6-sonli axloq tuzatish koloniyasida jazo o‘tamoqda. 2022-yilning mart oyida u firibgarlik va sudga hurmatsizlik qilganlikda ayblanib, yana to‘qqiz yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan.

2022-yil oktabr oyida siyosatchi o‘ziga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Rossiya Tergov qo‘mitasi uni terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qilish, ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish va natsizmni reabilitatsiya qilishda aybladi. 

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »