Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jarrohlikdan keyingi parhez — bu operatsiyadan keyin yangi ovqatlanish rejasi. Ushbu rejani tuzib chiqish uchun jarroh yoki diyetolog bilan ishlash kerak, ular sizga turmush tarzidagi o‘zgarishlar va yangi parhez qoidalariga ko‘nikishingizga yordam beradi.

Foto: Woman

Operatsiyadan keyingi parhez: bulyonlardan yengil taomlargacha

Bir qator jarrohlik operatsiyalaridan keyin maxsus parhez talab etiladi. Odatda bu ovqat hazm qilish tizimiga u yoki bu tarzda ta’sir qiladigan operatsiyalar: ichaklardagi operatsiya, ko‘richak yoki o‘t pufagini olib tashlash operatsiyasi va boshqalar. Bunday hollarda jarrohlik amaliyotidan keyingi diyetalar shunga o‘xshash prinsiplarga asoslanadi.

Ovqat hazm qilish tizimi yoki uning bir qismi to‘liq tiklanishi uchun operatsiyadan so‘ng darhol shifokorning diyeta borasidagi ko‘rsatmalariga rioya qilish juda muhimdir. Bu taxminan bir oy yoki undan ko‘proq vaqt oladi. Bundan tashqari, ayniqsa, dastlabki haftalarda oshqozonni ehtiyot qilish kerak. Qayt qilish mumkin bo‘lgan holatlardan qochish zarur. Operatsiyadan so‘ng darhol ko‘p suv ichmaslik kerak. Og‘zingizga muz bo‘laklaridan solib, uni shimgan ma’qul. Jarrohlikdan bir kun o‘tgach, oz miqdorda suv ichishni boshlasangiz bo‘ladi.

Operatsiyadan keyingi parhez: birinchi navbatda oshqozonni himoya qilamiz

Foto: Woman

Operatsiyadan keyingi ilk davrda diyetaning maqsadi oshqozonni himoya qilishdir. Bu davrda oshqozon yengil suyuqliklarni hazm qilishi mumkin. Shu bilan birga, organizmdagi suv miqdorini kerakli darajada ushlab turish zarur. Bu davrda iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan suyuqliklarga quyidagilar kiradi: tiniq bulyon yoki sho‘rva (sabzavot yoki go‘shtsiz), yog‘siz sut va meva sharbati.

Bir hafta ichida asta-sekin yengil ovqatlar yeyishni boshlasangiz bo‘ladi. Taomlar pyure shaklida xuddi bolalar ovqatlari kabi yumshoq bo‘lishi kerak. Bu qattiqroq ovqatlarga o‘tishni osonlashtiradi. Protein operatsiyadan keyingi diyetaning muhim qismi bo‘lganligi sababli proteinga boy ovqatlar iste’mol qilishingiz, so‘ngra meva va sabzavotlarga o‘tishingiz lozim.

Operatsiyadan keyingi diyetaning ushbu bosqichidagi ovqatlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • Tovuq go‘shti (terisiz) qiymasi yoki baliq;
  • Kartoshka pyuresi;
  • No‘xat pyuresi;
  • Kam yog‘li yogurt yoki puding.
    Foto: Woman

Operatsiyadan 3-4 hafta o‘tgach, diyetangizga baliq yoki tovuq kabi pishirilgan ovqatlarni kiritsangiz bo‘ladi. Ovqatni yaxshilab chaynang va bu odatga aylansin. Oziq-ovqatlarni kichikroq bo‘laklarga oldindan kesib oling. Bordi-yu, ushbu keraksiz ko‘rinadigan ehtiyot choralariga rioya qilinmasa, qusish, tirnalish xususiyati va oshqozon shishi kuzatilishi ehtimoli yuqoridir. Har doim xavfsiz bo‘lgan yaxshiroqdir!

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »