Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda budjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanganlik uchun javobgarlik oshiriladi. Shu maqsadda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha qoidalar kiritilmoqda.

Foto: Senat matbuot xizmati

20-iyun kuni Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur qonun Hisob palatasining faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish, uning budjet mablag‘lari ustidan tizimli nazorat o‘rnatish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan. Qonun bilan davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash va rahbarlarning javobgarligini oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha qoidalar kiritilmoqda.

Jumladan, budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini oluvchilarning, davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mol-mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish aniqlangan taqdirda Hisob palatasi tomonidan ma’muriy jarimaga tortilishi belgilanmoqda.

Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, palata faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik oldida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida hisobot berib borish tizimi joriy qilinmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »