Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mustaqil ravishda davolanish va tashxislash insonning jismoniy salomatligiga zarar yetkazishi mumkinligini eslatib o‘tamiz, deyiladi Wday nashri taqdim etgan maqola avvalida.

Foto: Wday

Infarkt — yurak mushagini kislorod bilan ta’minlashning uzilishi bo‘lib, odatda, bu holat qon quyqasi yurakni oziqlantiradigan qon tomirini to‘sib qo‘yganda paydo bo‘ladi. 15 daqiqa ichida koronar qon aylanishini tiklash juda muhim, aks holda, yurak mushagi halokatga yuz tutadi.

Jig‘ildon qaynashi — oshqozondagi moddaning qizilo‘ngachga o‘tishi tufayli qizilo‘ngach bo'ylab noqulaylik yoki yonish hissi. Bu oshqozon tarkibi juda kislotali bo‘lganda sodir bo‘ladi. Jig‘ildon qaynashi mustaqil kasallik emas, bu GERD va boshqa kasalliklarning oqibatida yuzaga keladi.

Ko‘krak sohasida og‘riq infarkt va jig‘ildon qaynashining “umumiy” belgisi hisoblanadi, ammo ular bir qarashdagina o‘xshab ketadi. Bu og‘riqning tabiati va boshqa alomatlar bilan farqlanadi.

Og‘riqning farqlari:

  • Jig‘ildon qaynashi kuzatilganda og‘riq oshqozon, ko‘krak sohasining pastki qismida seziladi va ko‘proq yonish hissiyotiga o‘xshaydi. Ovqatdan keyin paydo bo‘ladi.
  • Infarkt holatida esa ko‘krak qafasi hududida bilan bir necha daqiqada o‘sadigan yonayotgan bosimli og‘riq kuzatiladi. Bu ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lmaydi.

Boshqacha belgilar:

Jig‘ildon qaynashida:

  • og‘izda kislota ta’mi.
  • yotgan holatda noqulaylik kuchayadi.
  • qorin dam bo‘lishi.

Infarkt holatida:

  • nafas qisilishi.
  • og‘riq tananing boshqa qismlariga tarqalishi mumkin.
  • to‘satdan charchoq.
  • bosh aylanishi.
  • qo‘llar, bo‘yin, jag‘ yoki qorinda uyquchanlik.
  • ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »