Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hech kimga sir emaski, rejissorlar ko‘pincha filmlarida kichik ishoralar qoldiradi. Bu kino klassikasiga yoki o‘z asarlariga havola bo‘lishi mumkin, yoki shunchaki kulgili detallar filmni yaxshiroq tushunishga imkon beradi.

“Matritsa: tirilish” filmida Triniti kimga turmushga chiqqan?

Afsonaviy franshizaning to‘rtinchi qismida Neo tirilib, virtual olamga qaytgani ma’lum bo‘ladi. U o‘zini boshqa odam deb hisoblaydi, sevgilisi Trinitini ham eslolmaydi. Ammo bir kuni qahramonlar yana uchrashadi.

Foto: Filmdan kadr

Triniti o‘zini Tiffani deb tanishtiradi, bu paytda u qandaydir Chadga turmushga chiqqandi. Hammasi shu yerdan boshlanadi. Bu obrazni Chad Staxelski ijro etgan. Hozirda u “Jon Uik”ning uchta qismining koordinatori va rejissori sifatida tanilgan.

Ammo “Matritsa” trilogiyasini suratga olish vaqtida Staxelski Kianu Rivzning dublyori sifatida ishlagan. Shunday qilib, Triniti tom ma'noda soxta Neo bilan turmush qurgan. Shu yo‘l bilan ular soxta dunyoda yashayotgani haqida ishora bergan.

“I operatsiyasi” komediyasida kutubxona nechagacha ishlaydi?

Foto: Filmdan kadr

Leonid Gaydayning uchta qisqa hikoyasidan iborat ushbu almanaxni hamma tomosha qilgani aniq. Bundan tashqari, filmdagi jumlalar mashhur bo‘lib, og‘izdan og‘izga ko‘chib yuradi. Eng mashhur epizodlardan biri, albatta, kutubxona haqida.

Foto: Filmdan kadr

Leonid Gayday ajoyib hazil tuyg‘usiga ega rejissor ekanligini unutmaslik kerak. Avvalgi “Vasvasa” filmida bosh qahramon Shurik kutubxonani tark etadi va tomoshabinga muassasaning ish tartibi qisqacha ko‘rsatiladi.

“Quyosh turishi” rejissori sujetga ishora qilgan

Ari Aster rejissorligidagi ikkinchi badiiy film 2019-yilda ekranlarga chiqdi. Bu dahshatli kino tomoshabinlarni noodatiy taqdimot va mavzu bilan hayratda qoldirdi. Filmda barcha voqealar kun yorug‘ida sodir bo‘ladi, garchi dahshatli filmlarda odatda qorong‘ida sodir bo‘lsa ham. Sujet voqealarini oldindan aytib bo‘lmaydi.

Foto: Filmdan kadr

Mazkur filmga Aster o‘tkir aql bilan yondashadi. “Quyosh turishi” folklor uslubidagi go‘zal polotno bilan boshlanadi. Mazkur rasmda finalgacha bo‘lgan barcha asosiy burilishlar ko‘rsatilgan. Ammo buni “Quyosh turishi”ni ikkinchi marta ko‘rsangizgina tushunishingiz mumkin.

“Tig‘ ustida yuruvchilar” va “Yog‘du”ning qanday bog‘liqligi bor?

Ridli Skottning “Tig‘ ustida yuruvchilar” filmi bir necha bor qayta ishlangan. Misol uchun, sinov namoyishlaridan so‘ng studiya rejissorni yanada ijobiy yakunni suratga olishga majbur qiladi.

Yangi yakun uchun tog‘ yo‘li tasvirlari kerak edi va muallif Kubrikka murojaat qiladi. Kubrik unga “Yog‘du” filmining birinchi sahnasi uchun suratga olgan juda ko‘p materiallarni beradi. Skott ulardan filmining oxirini yaratishda foydalanadi.

Foto: Filmdan kadr

Agar “Tig‘ ustida yuruvchilar” filmini bosh qahramonlar mashinada ketadigan joyda to‘xtatib, darhol “Yog‘du”ni ko‘rishni boshlasangiz, ikkita filmda bir xil umumiy kadrlar ko‘rsatilayotganini sezasiz.

“Kelajakka qaytib-2” filmidagi avtomobillar qayerdan kelib qolgan?

Foto: Filmdan kadr

Mashhur “Kelajakka qaytib” franshizasining ikkinchi qismida qahramonlar 2015-yilga kelib qolishadi. Albatta, kelajakning futuristik dunyosida mashinalar uchadi va ularning ko‘pchiligi g‘ayrioddiy ko‘rinadi. Ammo ilmiy-fantastik filmlar muxlislari ulardan ba’zilarini tanishi mumkin.

Foto: Filmdan kadr

Masalan, bosh qahramon Marti bezorilar to‘dasidan qochayotganda “Tig‘ ustida yuruvchilar”dagi politsiya mashinasi yonidan o‘tib ketadi. Mashina bir soniyaga ko‘rinadi xolos. Ammo “So‘nggi jangchi” filmidagi to‘xtab turgan StarCar yaxshiroq ko‘ringan.

Kventin Tarantino filmlaridagi qahramonlar bir-biriga bog‘liqmi?

Mashhur amerikalik rejissor filmlariga juda ko‘p nozik detallarni qo‘shishi hech kimga sir emas. Ulardan ba’zilari hatto Tarantino asarlarini o‘ziga xos qilgan. Masalan, uning o‘zi o‘ylab topilgan Red Apple sigaret brendi va Big Kahuna Burger restorani bor.

Foto: Filmdan kadr

Ammo bundan ham qizig‘i, uning filmlaridagi ko‘plab obrazlar bir-biriga qarindosh ekan. Shunday qilib, “Jinoiy asar” filmidagi Jon Travolta — “Quturgan it” filmida Maykl Madsen o‘ynagan Vik Veganing akasi. Dastlab Tarantino ikkala filmda ham bir xil obraz bo‘lishini xohlaydi. Ammo Madsen o‘sha paytda band edi, shuning uchun “Jinoiy asar”ga boshqa aktyor taklif qilinadi.

Foto: Filmdan kadr

“Qabih sakkizlik” filmida Tim Rot Pit Xikoks rolini o‘ynaydi. Bu qahramon Maykl Fassbender o‘ynagan “Manfur kimsalar” filmidagi Archi Xikoksning katta bobosi.

Foto: Filmdan kadr

Ammo eng g‘ayrioddiysini Tarantino Uma Turmanning qahramonlariga beradi. “Jinoiy asar” filmida u omadsiz teleserial aktrisasini o‘ynaydi. Vins bilan uchrashuvda qahramon qotil ayollar to‘dasi tasvirlangan loyihaning pilot versiyasi haqida gapiradi. Uning bu hikoyasi “Billning o‘limi” filmidagi sujet asosini eslatadi, unda bosh rolni xuddi shu Uma Turman o‘ynagan. Ya’ni bu pilot loyiha “Jinoiy asar” ichidagi o‘sha serial ekanligi ma’lum bo‘ladi.

“Ozod Jango” filmidagi notanish odam kim?

Kventin Tarantinoning bu filmi 1966-yilda chiqqan “Jango” filmining remeykidir. To‘g‘ri, rejissor o‘sha hikoyani shunchaki qaytadan suratga olmagan, sujetga separatizm mavzusini qo‘shgan.

Shu bilan birga, filmda originaliga kulgili havola mavjud. Bir sahnada Jeymi Foks o‘ynagan Jangoga kovboycha shlyapa kiygan odam yaqinlashadi. U qahramondan uning ismini, keyin esa harfma-harf talaffuzini so‘raydi. Jango javob beradi va Jangoda D harfi talaffuz qilinmasligini aytadi. Boyagi kishi “Bilaman” deydi.

Foto: Filmdan kadr

Ajablanarlisi shundaki, notanish odam rolini o‘ynagan Franko Nero original filmda Jango rolini ijro etgan. Shuning uchun u bu ismni qanday talaffuz qilishni yaxshi biladi.

Devid Linchning “Dyuna” filmida kimningdir yiqilib tushgani muhrlangan

Linchning “Dyuna” filmidagi navigatorning tashqi ko‘rinishini diqqat bilan kuzating. To‘g‘rirog‘i, ekranning chap tomonini.

Foto: Filmdan kadr

Bir lahzaga kimdir yiqilib, tezlik bilan ekrandan g‘oyib bo‘ladi. Ko‘rinishidan, texnik jihatdan murakkab sahna bunday arzimas narsa tufayli qayta suratga olinmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »